Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar

21 ta proteinogen α-aminokislota (eukariotlar), radikallariga ko‘ra guruhlangan.

Almashinmaydigan aminokislotalar — organizm uchun zarur aminokislotalar bo‘lib, ularni sintez qilish aynan shu organizmda mumkin emas. Turli organizm turlarida almashinmaydigan aminokislotalar ro‘yxati farq qiladi. Hujayralarda sintezlanadigan barcha oqsillar 20 ta asosiy aminokislotadan tuziladi. Ularning faqat bir qismini organizm o‘zi sintezlay oladi. Muayyan oqsillarni sintezlay olmaslik organizmning normal faoliyatini buzadi. Shuning uchun organizm almashinmaydigan aminokislotalarni tashqi manbadan, ya’ni oziq-ovqatdan olishi zarur.

Sog‘lom voyaga yetgan inson uchun 8 ta aminokislota almashinmaydigan hisoblanadi: valin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, treonin, triptofan va fenilalanin; shuningdek, ko‘pincha almashinmaydiganlar qatoriga gistidin ham kiritiladi (F V T W M L I K H). Bolalar uchun almashinmaydigan aminokislotalar qatoriga arginin ham kiradi.

Yana 6 ta aminokislota (R C G Q P Y) shartli ravishda almashinmaydigan deb hisoblanadi. Inson oziqlanishida bu atama organizmning holatiga qarab ularni sintezlash imkoniyati cheklanganini anglatadi, masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bemorlar organizmida..

5 ta aminokislota (A D N E S) almashinadigan hisoblanadi. Inson organizmida ular yetarli miqdorda sintezlanishi mumkin.

Almashinmaydigan aminokislotalarning inson organizmidagi roli

Inson organizmida zarur aminokislotalarning yetishmasligi oqsil sintezini buzadi. Bu xotira faoliyatining zaiflashishi va aqliy qobiliyatning susayishi, immunitetning pasayishi (organizmning kasalliklarga chidamliligi kamayishi)ga olib keladi. Shu bilan birga, aminokislota tarkibi muvozanatlanmagan oqsilni ortiqcha iste’mol qilish a’zolar, birinchi navbatda, jigar va buyraklar faoliyatiga ortiqcha yuklama tushiradi. Oziq-ovqat bilan qabul qilinadigan oqsilning inson uchun qimmati undagi almashinmaydigan aminokislotalarning muvozanatli miqdoriga bog‘liq.

Tavsiya etilgan sutkalik me’yor

Tavsiya etilgan sutkalik me’yorni hisoblash ancha murakkab. So‘nggi 20 yil ichida bu ko‘rsatkichlar sezilarli darajada o‘zgargan. Quyidagi jadvalda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSH Milliy tibbiyot kutubxonasi tomonidan voyaga yetgan insonlar uchun belgilangan sutkalik me’yorlar keltirilgan. [aniqlashtirish kerak](qaysi yosh va qanday faoliyat: aqliy yoki jismoniy mehnat, mehnatning og‘irlik darajasi?)

Aminokislota(lar) JSST: 1 kg tana vazniga mg JSST: 70 kg tana vazni uchun mg AQSH: 1 kg tana vazniga mg Kodlovchi kodon (genetik kod)
H Gistidin 10 700 14 CAU, CAC
I Izoleysin 20 1400 19 AUU, AUC, AUA
L Leysin 39 2730 42 UUA, UUG, CUU, CUC, CUA, CUG
K Lizin 30 2100 38 AAA, AAG
M Metionin

+ C Sistein

10,4 + 4,1 (jami 15) Jami 1050 Jami 19 Metionin: AUG; sistein: UGU, UGC.
F Fenilalanin

+ Y Tirozin

25 (jami) Jami 1750 Jami 33 Fenilalanin: UUU, UUC; tirozin: UAU,UAC .
T Treonin 15 1050 20 ACU, ACC, ACA, ACG
W Triptofan 4 280 5 UGG
V Valin 26 1820 24 GUU, GUC, GUA, GUG

Tavsiya etilgan sutkalik me’yor bolalar uchun 3 yoshdan boshlab kattalarnikiga nisbatan 10-20 % yuqori.

Adabiyotlar

Havolalar