Funksional guruh haqida

Benzil atsetat tarkibida efir funksional guruhi (qizil rangda ko‘rsatilgan), atsetil guruhi (yashil rangda) va benzil guruhi (to‘q sariq rangda).

Funksional guruh — turli kimyoviy birikmalarning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘xshash kimyoviy xossalarni namoyon qiladigan atom yoki atomlar guruhi. U kimyoviy birikmalarning muayyan sinfiga xos fizik va kimyoviy xossalarni belgilaydi.

Bunda IUPAC nomenklaturasiga ko‘ra, funksional guruhlar deb faqat organik birikmalar molekulalarining reaksiyaga kirishish qobiliyatini belgilaydigan qismlarini atash kerak. Bunda molekulaning ko‘rib chiqilayotgan sharoitda kimyoviy jihatdan faol bo‘lmagan qismlari (masalan, uglevodorod tarkibidagi sp3-gibridlangan uglerod atomlaridan tashkil topgan fragmentlar, jumladan, polimerlardagi fragmentlar) nazarda tutilmaydi. Ayrim hollarda anorganik birikmalarning fragmentlarini ham funksional guruh deb atash qabul qilingan. Masalan, sulfoguruh (-SO3H) ftorsulfon kislotada (FSO3H).

Funksional guruhlarga alohida atomlar (metallar, galogenlar), shuningdek, quyidagi tuzilmalarni o‘z ichiga olgan o‘rinbosarlar ham kiradi: qo‘sh bog‘lar (alkenlarda), uch bog‘lar (alkinlarda), o‘zaro tutashgan diyenlarning va aromatik uglevodorodlarning π-elektron tizimlari. Bularning barchasi ularning o‘ziga xos reaksiyaga kirishish qobiliyatini ko‘rsatish uchun funksional guruh sifatida qaralishi mumkin.

Funksional guruhning reaksiyaga kirishish qobiliyati uning molekuladagi atrof-muhitiga, ayniqsa, boshqa funksional guruhlarning mavjudligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bir nechta bir xil yoki turli funksional guruhlarga ega birikmalar polifunksional birikmalar deyiladi.

Ta’rifdagi noaniqlik

Organik birikmalarga nom berish uchun IUPAC nomenklaturasi funksional yoki xarakteristik guruhning asosiy glossariyda keltirilgan ta’rifidan biroz farq qiladigan ta’rifni qo‘llaydi. Bunda funksional guruhlar faqat tuzilish belgilariga ko‘ra, asosiy gidrid yoki asosiy tuzilmadagi (aksariyat organik birikmalar uchun — alkanlardagi) vodorod atomlarining o‘rnini egallab, unga С-С bog‘idan boshqa turdagi bog‘ orqali birikkan turli o‘rinbosarlar (atomlar yoki atomlar guruhlari) sifatida ta’riflanadi. Shu bilan birga, bu qoida qat’iy emasligi, -СООН va -С≡N kabi ayrim guruhlar ham funksional guruh hisoblanishi ta’kidlanadi. Bunday ta’rif funksional guruh tarkibida geteroatom bo‘lishini nazarda tutadi, biroq qoidalarda bu borada qat’iy xulosa berilmaydi. Birikmani nomlashning keyingi tamoyillari funksional (xarakteristik) guruhlarni ustuvorlik bo‘yicha tartiblashga asoslanadi: eng yuqori ustuvorlikka ega guruh (asosiy funksional guruh) nomning suffiks qismida, ustuvorligi pastroq guruhlar esa prefiks qismida ifodalanadi.

Funksional guruhlarga misollar

100 dan ortiq funksional guruh ma’lum.

  1. Tarkibida kislorod atomi bo‘lgan funksional guruhlar:
  2. Tarkibida azot atomi bo‘lgan funksional guruhlar:
  3. Tarkibida oltingugurt atomi bo‘lgan funksional guruhlar:
    • tiol (sulfhidril, merkapto-) guruhi -SH
    • sulfid guruhi >S
    • disulfid guruhi -S-S-
    • sulfoksid guruhi >S=O,
    • sulfon guruhi >SO2 va boshqalar.
  4. Tarkibida to‘yinmagan uglerod–uglerod bog‘lari bo‘lgan funksional guruhlar:
    • qo‘sh va uch bog‘lar (jumladan, o‘zaro tutashgan diyen tizimlari) -С=С-, -С≡С-
    • aromatik fragmentlar -С6H5 va boshqalar.
  5. Boshqa elementlar atomlarini o‘z ichiga olgan funksional guruhlar:

Tarkibida bittadan ortiq funksional guruh bo‘lgan molekulalar polifunksional molekulalar deyiladi.

Organik birikmani nomlashda IUPAC nomenklaturasiga muvofiq, shu birikmada mavjud funksional guruhlar asos qilib olinadi.

Funksional guruhlar jadvali

Organik birikmalar sinfi Guruh Formula Tuzilish formulasi Prefiks Suffiks Misol
AlkanlarAlkil RH Алканы alkil--an этан
Etan
AlkenlarAlkenil R2C=CR2 Алкены alkenil--en этилен
etilen
(eten)
AlkinlarAlkinil RC≡CR' Алкины alkinil--in Ацетилен
Atsetilen
(etin)
Benzol hosilalari Fenil RC6H5
RPh
Производные бензола fenil-— Кумол
Kumol
(2-fenilpropan)
Toluol hosilalari Benzil RCH2C6H5
RBn
Бензил benzil- — Бензилбромид
Benzilbromid
(bromtoluol)

Ushbu toifaga mansub, o‘ziga xos nomga ega boshqa ko‘plab funksional guruhlar ham ma’lum. Masalan: izopropil, tert-butil va hokazo.

Galogenli guruhlar

Organik birikmalar sinfi Guruh Formula Tuzilish formulasi Prefiks Suffiks Misol
Galogenalkanlargalogen RX Галогеновая группа galogen-alkilgalogenid Хлорэтан
Xloretan
(etilxlorid)
FtoralkanlarFtor RF Фторалканы ftor-alkilftorid Фторметан
Ftormetan
(metilftorid)
XloralkanlarXlor RCl Хлоралканы xlor-alkilxlorid Хлорметан
Xlormetan
(metilxlorid)
BromalkanlarBrom RBr Бромалканы brom-alkilbromid Бромметан
Brommetan
(metilbromid)
YodalkanlarYod RI Иодалканы yod-alkilyodid Иодметан
Yodmetan
(metilyodid)

Kislorod saqlovchi funksional guruhlar

Oddiy efir guruhi (R1-O-R2) — oddiy efirlar (ethers) — kislorod atomi orqali birikkan ikkita uglevodorod radikali

Karbonil guruhi (R1-C(O)-R2)

Aldegid guruhi (H-C(O)-R1)

Karboksil guruhi (R1-С(O)-OH)

Murakkab efir guruhi (R1-C(O)-O-R2) — murakkab efirlar (esters) — karbon kislota va spirt o‘rtasidagi esterlanish reaksiyasi mahsulotlari

Azot saqlovchi funksional guruhlar

Aminoguruh (NH2-R1)

Nitroguruh (R1-NO2)

Nitrozoguruh (R1-N(O))

Oltingugurt saqlovchi funksional guruhlar

Sulfoguruh (R1-SO3H)

Sulfinoguruh (R1-SO2H)

Gidroksisulfanil (R1-SOH)

Fosfor saqlovchi funksional guruhlar

Adabiyotlar