Alfa-nurlanishning tabiati
Alfa-nurlanish(Alfa-parchalanish) atom yadrosining radioaktiv parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan ionlashtiruvchi nurlanish turi hisoblanadi. Ushbu jarayonda alfa-zarracha deb ataluvchi geliy yadrosi (ikki proton va ikki neytron) atom yadrosidan ajralib chiqadi. Alfa-nurlanish kuchli ionlashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lsa-da, uning kirish qobiliyati past. Zarralar bir necha millimetr qalinlikdagi qog‘oz yoki odamning teri qatlamida to‘xtatiladi. Shu sababli, u tashqi zarar yetkazish qobiliyati jihatidan uncha xavfli emas, lekin ichki radiatsiya manbai sifatida jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Alfa-zarrachalarning fizik xususiyatlari
Alfa-zarrachalar og‘ir va nisbatan past tezlikka ega bo‘lgan subatomik zarrachalardir. Ularning energiyasi odatda 4-7 MeV oralig‘ida bo‘ladi, bu esa ularni yuqori energiyali zarrachalar toifasiga kiritadi. Alfa-zarrachalarning kuchli ionlashtiruvchi ta’siri ularning havoda qisqa masofani bosib o‘tishi bilan bog‘liq. Odatda ular havoda 2-3 sm masofagacha yetib boradi, qattiq moddalar yoki suyuqliklar esa ularni millimetr darajasida chegaralaydi.
Alfa-nurlanishning manbalari
Alfa-nurlanishning asosiy manbasi og‘ir elementlarning, masalan, uran-238, radiy-226 va plutoniy-239 kabi radioaktiv izotoplarning tabiiy parchalanishidir. Shuningdek, sun’iy izotoplar, jumladan, ameritsiy-241, alfa-nurlanishni tadqiq qilish va qo‘llashda keng ishlatiladi.
Misol sifatida radiy-226 parchalanishini ko‘rib chiqamiz: