Beta-nurlanish(Beta-parchalanish) – atom yadrosidagi zaif kuchlarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan radioaktiv parchalanish turi. Ushbu jarayonda beta-zarrachalar deb ataluvchi elektronlar yoki pozitronlar hosil bo‘ladi va yadrodan chiqariladi. Beta-nurlanish ikkiga bo‘linadi: beta-minus (β⁻) va beta-plus (β⁺) nurlanish. Beta-zarrachalar alfa-zarrachalarga qaraganda kichikroq va yengilroq bo‘lib, ular nisbatan yuqori kirish qobiliyatiga ega.
Beta-minus parchalanish yadrodagi neytron protonga aylanganda yuzaga keladi:
