Aholi zichligi

Yer yuzida aholi zichligi (2005-yil)

Aholi zichligi — yashovchilar sonining har bir km² hududga to‘g‘ri keladigan miqdori.

Aholi zichligini hisoblashda odam yashamaydigan hududlar va yirik ichki suv havzalari hisobga olinmasligi mumkin. Aholi zichligining umumiy ko‘rsatkichidan tashqari, qishloq va shahar aholisi uchun alohida zichlik ko‘rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Yer yuzidagi o‘rtacha aholi zichligi 2023-yil holatiga ko‘ra, bir km² ga 58 kishi, Antarktida ham hisobga olinganda esa bir km² ga 54 kishini tashkil etgan. Aholi soni ortishi bilan uning zichligi ham oshib boradi. 1890-yilda Yer yuzidagi o‘rtacha aholi zichligi bir km² ga 12 kishi bo‘lgan, 1950-yilda bu ko‘rsatkich 18 kishiga, 1992-yilda esa 40 kishiga yetgan.

Aholi zichligiga taʼsir etuvchi omillar

Yuqoridan ko‘rinishi: Dakka, dunyoda aholi zichligi eng yuqori bo‘lgan shaharlardan biri

Odamlar sayyoraning yarimsharlarida bir xil taqsimlanmagan. Ularning asosiy qismi sayyoraning Shimoliy (90 %) va Sharqiy (85 %) yarimsharlarida yashaydi. Aholi zichligi materiklar o‘rtasida o‘nlab baravargacha farq qiladi. Turli mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutlar esa bundan ham katta. Insoniyat tarixi davomida Yer yuzida aholining joylashuvi dastlab keskin notekis, mayda-mayda o‘choqlar ko‘rinishida bo‘lgan, keyinchalik esa aholi yashash hududlari kengaygan. Yerning ko‘proq o‘zlashtirilgan mintaqalarida bu o‘choqlar birlashib, aholining nisbatan bir tekis joylashuvini shakllantirgan. Shunga qaramay, umuman olganda, aholi hanuz juda notekis taqsimlangan. Masalan, ko‘p asrlar davomida Yer aholisining kamida 60 %i yashab kelgan Osiyoda aholi zichligi bir km² ga 300 kishidan oshadigan mamlakatlar (Bangladesh, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya) ham, aholisi siyrak joylashgan keng hududlar — Sibir, Qozog‘iston, Tibet, Mo‘g‘uliston ham bor; bu hududlarda aholi zichligi bir km² ga 1—3 kishi yoki undan ham kam. Aholi zichligi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga mitti davlatlar (Monako, Singapur, Vatikan, Bahrayn).

Kosmik suratlar asosida olingan aholi punktlarining tungi yoritilish tasviri Yer yuzida aholi zichligi notekis taqsimlanganini ko‘rsatadi.

Odamlarning joylashuvi va, demak, aholi zichligiga taʼsir etuvchi omillar quyidagilardir:

  1. Dengizdan uzoqligi
  2. Mutlaq balandlik (dengiz sathidan)
  3. Relyef xususiyatlari
  4. Hududning qachondan beri o‘zlashtirilgani
  5. Iqlim

Insoniyatning katta qismi juda kichik hududda jamlangan. Masalan, 1979-yil holatiga ko‘ra, sayyora aholisining 70 %i 11 mln. km² maydonda to‘plangan bo‘lib, bu joylarda aholi zichligi bir km² ga 200 kishi yoki undan ortiq edi. Tarixchi Fernan Brodel bu haqda shunday yozgan:

Sent-Ekzyuperi buni o‘ziga xos tarzda ifodalagan: favvoralar va uylar dunyosi — Yer shari yuzasidagi atigi tor bir tasma, xolos; u birinchi marta yo‘ldan adashganida samolyoti Paragvayning tropik o‘rmonlari orasida qolib ketgan, ikkinchi marta adashganida esa Sahroi Kabir qumlariga qo‘ngan.

Shaharlardagi aholi zichligi

Yuqoridan ko‘rinishi: Singapur, zich joylashgan ko‘p qavatli turarjoy binolari
Tuman: Hanvort[ingl.], g‘arbiy Londondagi o‘rtacha zichlikdagi kam qavatli turarjoylar

G‘arbiy Yevropaning aksariyat shaharlarida markazdan uzoqlashgan sari aholi zichligi juda keskin kamayadi. Sababi shundaki, shahar markazida yer qimmat bo‘lgani uchun baland binolar quriladi, chekka hududlarda esa ko‘p qavatli qurilish uncha xos emas. Ammo Rossiyaning Moskva, Qozon, Nijniy Novgorod va Perm kabi shaharlarida aholi zichligi markazdan chekkaga qarab ortib boradi. SSSR davrida yer bozorining mavjud emasligi sababli shahar markazlarida turarjoylar emas, sanoat obyektlari qurilgan, yangi turarjoy binolari esa chekka hududlarda barpo etilgan. Rossiyaning yirik shaharlari aholi zichligi jihatidan Yevropa, Shimoliy Amerika va hatto Osiyodagi aksariyat shaharlardan ustun turadi. BMT-Habitat dasturi tamoyillariga ko‘ra, shaharlarning haddan tashqari yoyilib ketishining oldini olish uchun shahar aholisi zichligi kamida 15 ming kishi/km² bo‘lishi kerak.

Aholi zichligi turlicha bo‘lgan hududlarga misollar

Maʼlumotlarning o‘lchov birligi: bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan kishi soni

Yirik maʼmuriy-hududiy birliklar orasida aholi zichligi eng past bo‘lgan hudud — Nunavut, bu yerda aholi zichligi bir km² ga 0,02 kishini tashkil etadi. Nunavut — Kanadaning eng katta va eng yangi hududi bo‘lib, uning maydoni 1,9 mln km², aholisi esa 33 697 kishidan iborat.

Mamlakatlar bo‘yicha aholi zichligi (2006-yil)

Aholisi eng zich joylashgan mamlakatlar va hududlar

Ro‘yxat mitti davlatlarni hisobga olmagan holda tuzilgan, maʼlumotlar 2013-yil holatiga keltirilgan. O‘lchov birligi: bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan kishi soni.

Adabiyotlar

  • A. P. Kuznetsov, L. Ye. Savelyeva, V. P. Dronov. Geografiya. Yer va odamlar. 7-sinf. — M.: Prosveshcheniye, 2008. — B. 42—43. — 175 b. — ISBN 978-5-09=020084-4.

Havolalar