Zomin milliy tabiat bog‘i

Zomin milliy tabiat bog‘i
Toifa TMXI — II (Milliy tabiat bog‘i)
Asosiy ma’lumotlar
Tashkil etilgan sana1926
Joylashuvi
39°36′47″ sh. k. 68°30′04″ sh. u.HGЯO
Mamlakat
Eng yaqin shaharZomin 
Узбекистан
Точка
Zomin milliy tabiat bog‘i
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Zomin milliy tabiat bog‘i — 8-sentabr 1976-yilda Jizzax viloyati hududida noyob tog‘ archa ekotizimlarini saqlash, qayta tiklash va rekreatsiya maqsadida ulardan foydalanish uchun tashkil etilgan. Bog‘ning umumiy maydoni 24110 gektar bo‘lib, shundan o‘rmon yerlari — 16783 ga, o‘rmonsiz yerlar — 7327 ga, o‘rmon bilan qoplangan yerlar — 12130 ga.

Bog‘ hududi ikkita — rekreatsiya va bufer zonalariga bo‘linadi. Geobotanik rayonlashtirishga ko‘ra, archa o‘rmonlarining ikkita mintaqasi ajratiladi: issiqsevar va nisbatan past haroratga moslashgan archa o‘rmonlari. Quyi tog‘ mintaqasida Zarafshon archasi (dengiz sathidan 1700—2300 metr balandlikda), o‘rta tog‘ mintaqasida (2300-2500m) yarimsharsimon archa, baland tog‘ mintaqasida esa (2500-3300m) Turkiston archasi uchraydi.

Bog‘ning hayvonot dunyosi

Bog‘dagi hayvonlar xilma-xilligi sutemizuvchilarning yuzdan ortiq turini, shuningdek, qushlar, amfibiyalar va baliqlarni o‘z ichiga oladi. Masalan: Sibir tog‘ echkisi, bo‘ri, tosh suvsari, dasht sassiqko‘zani, tolay quyoni, jayra. Qushlar orasida eng ko‘p uchraydigani tosh kakligi — kaklik. Baland tog‘larda ular qushlari (yovvoyi kurka), kaptarlar, musichalar, hind maynasi. Yirtqich qushlardan quyidagilar uchraydi: jo‘rchilar, oqbosh qumoy, tasqara, qirg‘iylar, sorlar. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi va YUNESKOning Qizil kitoblariga kiritilgan quyidagi hayvonlar ham uchraydi: Turkiston silovsini, oqtirnoqli ayiq (yoki Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i), sassiqko‘zan — olako‘zan, burgutsimon qush — boltayutar, burgut, lochin itolg‘i, qora laylak.

Sokin dam olish va turizm uchun mo‘ljallangan rekreatsiya zonasi dengiz sathidan 1200-4025 m balandlikda joylashgan. Bu hududda yiliga taxminan 4000 kishi dam olishi mumkin.

Havolalar