Xona harorati

Termometr xona haroratini ko‘rsatmoqda.

Xona harorati — bu ko‘pchilik odamlar yopiq xonalarda bo‘lishni afzal ko‘radigan va uy kiyimida o‘zlarini qulay his qiladigan haroratni anglatadigan norasmiy tushunchadir. Bu harorat ilmiy tajribalar o‘tkazish va dori vositalarini saqlashda ham qo‘llanadi. Tibbiyotda xona harorati odatda 15 °C (59 °F) dan 25 °C (77 °F) gacha bo‘lgan harorat deb ataladi. Bunda insonning o‘zini qulay his qilishi namlik, havoning aylanishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.