Vodorod sulfid zaharli gaz

  Kimyo

Rangsiz, palag’da tuxum hidli, zaharli gaz. Burchaksimon tuzilishli, qutbli molekula (μ = 1,02D) boʻlsada, vodorod bog’i hosil qilish xususiyati suvnikiga nisbatan kuchsiz. Havodan bir oz ogʻir. 1 hajm suvda 25 hajm eriydi. Vodorod sulfid laboratoriyada (Kipp apparatida) temir sulfidga xlorid kislota ta’sir ettirib olinadi:

FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S

Vodorod sulfidning suvdagi eritmasi sulfid kislota deyiladi va u ikki negizli kuchsiz kislota xossasini namoyon qiladi:
H2S = HS + H+, K1=6•10-8, HS= H+ + S-2, K2=1•10-14
Vodorod sulfid kislorod ta’sirida yonadi:
2H₂S + 3O2 → 2SO2 + 2H₂O

Ko’pincha o’simlik va tirik organizmlarning chirishi tufayli hosil boʻlgan H₂S havo kislorodi ta’sirida oksidlanadi:
2H2S + O2 → 2H2O + 2S
Bu reaksiya tufayli tabiat o’z-o’zini zaharli modda (H₂S) dan tozalab turadi, bu reaksiya ekologik ahamiyatga ega. Vodorod sulfid kuchli qaytaruvchi. Uning bu xossasi quyidagi reaksiyalarda namoyon bo’ladi:

3H2S + 8HNO3 = 3H₂SO₄ + 8NO + 4H2O
H₂S + 4Cl₂ + 4H2O = H₂SO₄ + 8HCl
H₂S+Cl₂ = S + 2HCl

Havo tarkibida vodorod sulfid oz bo’lsada, sof holda mavjudligi sababli kumushdan yasalgan buyumlar vaqt o’tishi bilan qorayadi, ya’ni hosil boʻladigan kumush sulfid bilan qoplanadi:
4Ag+2H2S+O2= 2Ag₂S+2H₂O
Asos va tuzlarning eritmalariga H₂S yuborilganda metall sulfidlari hosil boʻladi.

KOH + H2S = KHS + H₂O ; KHS + KOH = K2S + H₂O

Ammoniy ioni va ishqoriy metallarning sulfidlari suvda yaxshi eruvchan, boshqa metallar sulfidlari suvda yomon eriydigan oʻziga xos rangli moddalardir. MnS qora, HgS (sariq, qizil), PbS qora, CuS uchun S-2 — qora, ZnS — oq rangli bo’lib, bu metallar kationlari sulfid ioni reagent bo’ladi va bu reaksiyalardan yuqori- dagi kationlarning sifat reaksiyalarida (yoki aksincha) foydalaniladi. Ko’pchilik sulfidlar o’zgaruvchan tarkibli (daltonid) moddalar qatoriga kirib, TiS2 — metallardek elektr oʻtkazuvchan, ZrS2 — yarimo’tkazgich, HfS2 — dielektrik xossaga ega. Al2S3, Fe2S3, Cr2S3 lar qattiq holda mavjud emas, chunki ular suvli eritmada to’liq gidrolizlanib, gidroksidlarga aylanib ketadi. Kuchsiz kislota tuzlari sifatida suvda eruvchan sulfidlar gidrolizga uchraydi. Ishqoriy metallar sulfidlari eritmalari gidroliz natijasida kuchli ishqoriy muhitga ega boʻladi:

Na₂S + H2O = NaOH + NaHS ; NaHS + H2O = NaOH + H₂S

Sulfit kislota H2SO3 kuchsiz kislota boʻlib, faqat eritmalarda mavjud bo’ladi. Ikki asosli kislota sifatida ionlanadi:
H2SO3 → H+ + HSO3 ; HSO3 → H+ + SO3-2

Suvli eritmalarda 2SO3-2 + O2 — 2é → 2SO4-2 reaksiya tufayli sulfat ioniga aylanadi, ba’zan disproporsiyalanib 4SO3-2 → S°+3SO4-2 erkin oltingugurtni hosil qilgani sababli eritmalarda cho’kma hosil bo’ladi. Uning turli metallar bilan hosil qilgan tuzlari barqaror bo’lib, ishqoriy metallar bilan hosil qilgan oʻrta tuzlari M₂SO3 va gidrosulfitlari M (HSO₂) suvda eruvchan bo’ladi.
Suvli eritmada bu tuzlar anion boʻyicha gidrolizlanib:

SO3-2+ H2O → HSO3 + OH

eritma muhiti ishqoriy bo’ladi. SO2 va SO3-2 ionida S atomi oraliq (+4) oksidlanish darajasida bo’lgani uchun ham qaytaruvchi:

2SO₂ + Cl2 = 2SO₂Cl
SO2-2 + 2OH = SO4-2+ H₂O +2ē

ham oksidlovchi xossalariga ega:

2H+ +SO3-2 + 2H2S → 3S + 3H2O

Sulfitlar yuqori temperaturada disproporsiyalanish xossasini namoyon qiladi:

4Na₂SO₄ → 3Na₂SO₄ + Na₂S
S+4 — 2ē→S+6 |6| 3 qaytaruvchi
S+4 — 6ē→S+2 |2| 1 oksidlovchi

Oltingugurt (IV)-oksidi sulfat kislota hosil qilishda, qog’oz ishlab chiqarishda, to’qimachilik sanoatida, mevalarni konservalashda va kimyoviy sintezda ishlatiladi.