TWS simsiz quloqchinlari

TWS quloqchinlari (inglizcha true wireless stereo iborasining qisqartmasi, rus tilida «to‘liq simsiz stereotizimlar») — simsiz quloqchinlar bo‘lib, Bluetooth protokoli asosida ishlaydi. Ular tuzilishiga ko‘ra quloq kanaliga kiritiladigan yoki quloq chig‘anog‘iga joylashtiriladigan bo‘lib, bir-biriga kabel orqali ulanmaydi. Odatda ular to‘plamdagi quvvatlash g‘ilofi yordamida quvvatlanadi, ularning ichki quvvat manbai esa — akkumulyatorlar.

Tarixi

Simsiz quloqchinlarning ilk modeli — i-PHONO BT420EX 2005-yilda Bluetake kompaniyasi tomonidan bozorga chiqarilgan. Biroq bu hali TWS emas edi.

Keng tarqalgan noto‘g‘ri tasavvurdan farqli ravishda, birinchi haqiqiy simsiz (True Wireless) quloqchinlar Apple AirPods emas, balki Dash bo‘lib, ular 2015-yilda Bragi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Havolalar

Dastlabki simsiz quloqchinlar (maqola)

Ilk TWS quloqchinlar