| Googlebot | |
|---|---|
| Turi | Qidiruv roboti |
| Muallif | |
| Ishlab chiquvchi | |
| Veb-sayt | google.com/support/webma… |
Googlebot — qidiruv roboti bo‘lib, Google kompaniyasiga tegishli. U butunjahon tarmog‘ini skanerlash va qidiruv indeksini to‘ldirish uchun Google qidiruv tizimida ishlatiladi. Robot har bir saytni skanerlashni avvalgi seanslar natijasida tuzilgan veb-sahifalarning URL manzillari ro‘yxatini olishdan boshlaydi va uni Sitemap fayllaridagi ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Sahifalarni ko‘zdan kechirish jarayonida robot havolalarni (SRC va HREF) qidirib topadi va ularni skanerlanishi kerak bo‘lgan sahifalar ro‘yxatiga qo‘shadi.
Veb-ustalar robotni robots.txt faylidagi buyruq yoki <meta name="Googlebot" content="nofollow" /> metategi orqali boshqarishi mumkin. Google veb-ustalar uchun mo‘ljallangan vositalar yordamida saytni robot qanday ko‘rishini tekshirish imkonini beradi. Googlebotning IP-manzillari vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi.
Skanerlash vaqtida Googlebot quyidagi user-agent identifikatorlaridan foydalanadi:
Googlebot/2.1 (+http://www.googlebot.com/bot.html)Googlebot/2.1 (+http://www.google.com/bot.html)Mozilla/5.0 (compatible; Googlebot/2.1; +http://www.google.com/bot.html)Googlebot-Image/1.0(rasmlarni skanerlovchi robot)