| Google AI | |
|---|---|
| | |
| Turi | bo‘linma |
| Tashkil etilgan sana | 2017 |
| Faoliyat sohasi | Sun’iy intellekt |
| Bosh kompaniya | Google va Google DeepMind |
| Veb-sayti | ai.google |
Google AI — Google kompaniyasining sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi. Uning tashkil etilgani Google I/O konferensiyasida 2017-yilda Google bosh direktori Sundar Pichai tomonidan e’lon qilingan.
2023-yilda Google AI qayta tashkil etish jarayonining bir qismiga aylandi. Bu jarayonda uning rahbari Jeff Din Google kompaniyasining bosh ilmiy xodimi lavozimiga tayinlandi. Qayta tashkil etish doirasida Google Brain va DeepMind birlashtirildi. DeepMind — Google tomonidan 2014-yilda sotib olingan Britaniya kompaniyasi bo‘lib, bungacha Google’ning asosiy tadqiqot faoliyatidan alohida ishlagan.
Loyihalar
- Mashinaviy o‘rganish dasturlarini ishlab chiqish uchun bulutli platformada joylashgan TPU (Google tenzor protsessorlari) qurilmalariga xizmat ko‘rsatish.
- Dasturiy platformani ishlab chiqish: TensorFlow.
- Ochiq kodli mashinaviy o‘rganish tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilarga bulutli TPU klasteridan erkin foydalanish imkoniyatini taqdim etish.
- Google xodimlari tayyorlagan 5500 dan ortiq ilmiy tadqiqot nashrlaridan foydalanish imkonini beruvchi portal (2019-yil sentabr holatiga ko‘ra).
- Magenta jamoasi — mashinaviy o‘rganishning ijodiy jarayondagi vosita sifatidagi o‘rnini o‘rganuvchi chuqur o‘rganish bo‘yicha tadqiqot guruhi. Jamoa ko‘plab ochiq kodli loyihalarni taqdim etdi. Bu loyihalar rassomlar va musiqachilarga sun’iy intellekt yordamida ijodiy faoliyat imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
- Sycamore: yangi 54 kubitli dasturlanadigan kvant protsessori.
- LaMDA: suhbatlashishga mo‘ljallangan neyron tarmoqli til modellari oilasi.
- Kam yoritilgan tillar uchun erkin foydalaniladigan suhbat resurslarini ishlab chiqishga bo‘lgan ortib borayotgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan dastur.
Qo‘shimcha o‘qish uchun
- Google sun’iy intellektga oid barcha ishlanmalarini Google.ai saytida jamladi va bulutli TPU’ni e’lon qildi
- Google o‘zining sun’iy intellekt tashabbuslarini Google.ai ostida birlashtirdi
- Google kompaniya miqyosidagi sun’iy intellektga asoslangan xizmatlarni Google.ai’da jamladi — «Google.ai — Alphabet tarkibidagi sun’iy intellektga yo‘naltirilgan mahsulotlar va jamoalar majmuasi».
- Google’ning sun’iy intellektga jiddiy e’tibori o‘z samarasini bermoqda
Havolalar
- ai.google — Google AI’ning rasmiy sayti