Nvidia GeForce RTX (Ray Tracing shader eXtreme) — grafik protsessorlar turkumi bo‘lib, ular Nvidia tomonidan kompyuter o‘yinlarida, filmlar ishlab chiqarishda, videoarxitektura va mahsulotlar dizaynida, shuningdek, ilmiy vizualizatsiyada foydalanish uchun yaratilgan. Nvidia RTX real vaqt rejimida nurlarni kuzatish (ray tracing) texnologiyasini ta’minlaydi. Tarixan nurlarni kuzatish real vaqt rejimida bajarilmaydigan vazifalarda, masalan, filmlardagi vizual effektlar uchun kompyuter grafikasida va fotorealistik renderlashda qo‘llanilgan. Videoo‘yinlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritish va oldindan hisoblangan renderlashga tayanishga majbur bo‘lgan. RTX turkumidagi videokartalar kompyuter grafikasi yordamida yorug‘lik, soyalar va akslarga real vaqt rejimida tabiiy javob beradigan dinamik sahnalar yaratish imkonini beradi. RTX videokartalari grafik protsessorlarning Nvidia Volta, Turing, Ampere, Ada Lovelace va Blackwell arxitekturalariga asoslanadi. Jumladan, ular Tensor yadrolari hamda Turing va undan keyingi arxitekturalardagi yangi RT yadrolaridan foydalanib, nurlarni kuzatishni tezlashtiradi.
2019-yil mart oyida Nvidia ayrim videokartalar, jumladan, GeForce 10 (Pascal) va GeForce 16 (Turing) kelajakdagi drayverlarda RTX texnologiyasining ayrim imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashini, biroq ularning funksiyalari va unumdorligi maxsus apparat yadrolari yo‘qligi sababli, xususan, nurlarni kuzatishda cheklanishini ma’lum qildi.
2020-yil oktabr oyida Nvidia RTX A6000 modelini Ampere arxitekturasiga asoslangan va Nvidia RTX mahsulotlar turkumidagi professional ish stansiyalariga mo‘ljallangan birinchi videokarta sifatida e’lon qildi.
Nvidia Microsoft bilan hamkorlikda RTX qo‘llab-quvvatlovini Microsoft DirectX Raytracing dasturlash interfeysiga (API) (DXR) integratsiya qilish ustida ishlagan. Hozirda RTX Nvidia OptiX orqali va DirectX uchun mavjud. Turing va Ampere arxitekturalarida u Vulkan.
Tarkibiy qismlar
RTX nurlarni kuzatishdan tashqari sun’iy intellekt bilan integratsiyani, resurslarning umumiy formatlarini, rasterlashni (CUDA) hamda modellashtirish uchun dasturlash interfeyslarini (API) o‘z ichiga oladi. RTX tarkibiy qismlari:
- Sun’iy intellekt yordamida tezlashtiriladigan funksiyalar (NGX)
- Resurs formatlari (USD va MDL)
- Kengaytirilgan sheyderlar (shaders) bilan rasterlash
- Quyidagi vositalar orqali nurlarni kuzatish: OptiX, DirectX Raytracing[ingl.] va Vulkan
- Modellashtirish vositalari:
Ishlab chiqish
RTX’dan foydalanadigan API interfeyslari
Nvidia OptiX
Nvidia OptiX — Nvidia DesignWorks tarkibiy qismi bo‘lib, u nurlarni kuzatishning o‘zinigina emas, balki nurlarni kuzatish ham uning tarkibiga kiradigan butun algoritmni inkapsulyatsiyalashga (encapsulation) mo‘ljallangan yuqori darajali yoki «algoritmik» dasturlash interfeysidir (API). Bu OptiX dvijogi kattaroq algoritmni ilova tomonida o‘zgartirish kiritmasdan bajara olishi uchun zarur.
Kompyuter grafikasini renderlashdan tashqari, OptiX optik va akustik loyihalash, radiatsiyani va elektromagnetizmni tadqiq etish, sun’iy intellektga oid so‘rovlarni bajarish hamda zarba ta’sirlarini tahlil qilishda ham yordam beradi.
Nvidia RTX videokartalari ro‘yxati
Nvidia RTX texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘plab videokartalarni jumladan, 20-, 30-, 40- va 50-seriyadagi modellarni ishlab chiqargan
- 20-seriya
- GeForce RTX 2050 (mobil versiya)
- GeForce RTX 2060
- GeForce RTX 2060 SUPER
- GeForce RTX 2070
- GeForce RTX 2070 SUPER
- GeForce RTX 2080
- GeForce RTX 2080 SUPER
- GeForce RTX 2080 Ti
- 30-seriya
- GeForce RTX 3050
- GeForce RTX 3050 Ti (mobil versiya)
- GeForce RTX 3060
- GeForce RTX 3060 Ti
- GeForce RTX 3070
- GeForce RTX 3070 Ti
- GeForce RTX 3080
- GeForce RTX 3080 Ti
- GeForce RTX 3090
- GeForce RTX 3090 Ti
- 40-seriya
- GeForce RTX 4050 (mobil versiya)
- GeForce RTX 4060
- GeForce RTX 4060 Ti
- GeForce RTX 4070
- GeForce RTX 4070 SUPER
- GeForce RTX 4070 Ti
- GeForce RTX 4070 Ti SUPER
- GeForce RTX 4080
- GeForce RTX 4080 SUPER
- GeForce RTX 4090 D
- GeForce RTX 4090
- 50-seriya
- GeForce RTX 5050
- GeForce RTX 5060
- GeForce RTX 5060 Ti 8GB
- GeForce RTX 5060 Ti 16GB
- GeForce RTX 5070
- GeForce RTX 5070 Ti
- GeForce RTX 5080
- GeForce RTX 5090
- Titan turkumi
- Nvidia Titan RTX
- Turkum: Quadro
- Nvidia Quadro RTX A2000
- Nvidia Quadro RTX A4000
- Nvidia Quadro RTX A4500
- Nvidia Quadro RTX A5000
- Nvidia Quadro RTX A5500
- Nvidia Quadro RTX A6000
- NVIDIA RTX 6000Ada Generation