To‘xtag‘ul suv ombori

To‘qtag‘ul suv ombori
qirg‘izcha Toktogul suu saktagichi
Токтогульское водохранилище летом 2023 года
2023-yil yozida To‘qtag‘ul suv ombori
Morfometriya
Dengiz sathidan balandligi900 m
O‘lchamlari65 × 12 km
Maydoni284,3 km²
Hajmi19,5 km³
Eng katta chuqurligi210 m
Xususiyatlari
To‘ldirilgan yili1970-yillar 
To‘g‘on balandligi215 m
Havzasi
Quyiladigan suv oqimlariNorin, Chichqon, Uzun-Axmat, To‘rkent
Oqib chiqadigan suv oqimiNorin
Joylashuvi
41°48′23″ sh. k. 72°52′27″ sh. u.HGЯO
Mamlakat
ViloyatJalolobod viloyati
TumanTo‘qtag‘ul tumani
Кыргызстан
Точка
To‘qtag‘ul suv ombori
Токтогульский район
Точка
To‘qtag‘ul suv ombori
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar
To‘qtag‘ul suv omborining samolyotdan ko‘rinishi, 2014-yil

To‘qtag‘ul suv ombori (qirg‘izcha Toktogul suu saktagichi) — suv ombori bo‘lib, To‘qtag‘ul tumani, Jalolobod viloyati, Qirg‘iziston hududida joylashgan. Suv yuzasining maydoni — 284,3 km².

Suv ombori To‘qtag‘ul GESining Norin daryosida qurilgan to‘g‘oni hisobiga hosil bo‘lgan. Suv omborining shimoliy qirg‘og‘ida To‘qtag‘ul shahri joylashgan. Suv omborining sig‘imi 19,5 km³ ni tashkil qiladi. 2010-yil 22-iyul holatiga ko‘ra, undagi suv hajmi 18 milliard 207 million kub metr bo‘lgan. To‘qtag‘ul GESlar kaskadi ikkita elektr stansiyasidan iborat: quvvati 1200 MVt bo‘lgan To‘qtag‘ul GESi va quvvati 800 MVt bo‘lgan Qurpsoy GESi. Suv harorati qishda +5 °C dan yozda +25 °C gacha o‘zgaradi.

Qurilish ishlari o‘n yildan ortiq davom etib, 1970-yillarning o‘rtalarida yakunlangan. Suv omborini to‘ldirish 1973-yilda boshlangan.[manba 780 kundan beri ko‘rsatilmagan]

Baland tog‘larda qorning qanchalik tez erishi hamda suv omboridan suvning To‘qtag‘ul GESi gidroagregatlari orqali sarflanish sur’atiga qarab uning sathi sezilarli darajada o‘zgaradi. Suv omborining maksimal sig‘imi 19,5 milliard kub metr, me’yoriy suv hajmi 17,3 mlrd kub metr, foydali suv hajmi 14 milliard kub metr, «o‘lik» hajmi esa (GES faoliyati to‘xtaydigan chegara) 5,5 mlrd kub metrni tashkil etadi. Masalan, 2021-yil 30-martda suv hajmi «xavotirli» daraja — 8,742 mlrd kub metrgacha kamaygan.

2024-yilda To‘qtag‘ul suv omboridagi vaziyat so‘nggi 5 yil ichidagi eng og‘ir holatga yetdi. 2024-yil 2-fevralda Bishkek issiqlik elektr markazida yuz bergan avariya GESlarga, jumladan, To‘qtag‘ul GESiga tushadigan yuklamaning oshishiga sabab bo‘ldi. Natijada suv omboridan ko‘proq suv sarflana boshladi va suv hajmi «o‘lik» darajagacha kamayishi xavfi yuzaga keldi. 2024-yil 4-mart holatiga ko‘ra, To‘qtag‘ul suv omboridagi suv hajmi 7 mlrd 753 mlrd kub metrni tashkil etdi.

2024-yil mart oyi boshida hukumat 1-sonli gidroagregatni rekonstruksiya qilishni boshladi. Bu poytaxtda hamda respublikaning boshqa hududlarida energetika sohasida «tartibga solish» choralarining amalga oshirilishiga olib keldi.

San’atda

To‘qtag‘ul suv ombori va To‘qtag‘ul GESi qurilishi sovet hujjatli kinosida o‘z aksini topgan.

  • «To‘qtag‘ul dengizi — birinchi kun» (1973-yil, rejissyor Algimantas Vidugiris) — Norin daryosining to‘sib qo‘yilishi va To‘qtag‘ul suv omborini to‘ldirish boshlanishiga bag‘ishlangan hujjatli film. Film To‘qtag‘ul GESi qurilayotgan davrda suratga olingan bo‘lib, Qirg‘izistondagi eng yirik suv omborining shakllanishi qanday boshlanganini hujjatlashtiradi.

Adabiyotlar