Rub al-Xoli cho‘li

Rub al-Xoli
arab. الربع الخالي
Песчаные дюны в пустыне Руб-эль-Хали
Rub al-Xoli cho‘lidagi qum tepalari
Xususiyatlari
Turiqumli 
Mutlaq balandligi200 m
Uzunligi1200 km
Kengligi500 km
Maydoni650 000 km²
Joylashuvi
20° sh. k. 49° shq. u.HGЯO
Mamlakatlar
Ближний и Средний Восток
Красная точка
Rub al-Xoli
Логотип Викисклада Vikimedia Omboridagi mediafayllar

Rub al-Xoli (arab. الربع الخالي‎) — keng hududni egallagan qumli cho‘l. U Yaqin Sharqda joylashgan bo‘lib, Arabiston yarimorolining janubiy uchdan bir qismini egallaydi, shu bilan birga dunyodagi eng yirik cho‘llardan biridir. Shuningdek, u dunyodagi eng issiq (iyul–avgust oylarida o‘rtacha eng yuqori harorat 47 °C ga yetadi, 50 °C dan yuqori harorat ham muntazam kuzatiladi) va eng quruq cho‘llardan biri (yillik yog‘in miqdori ≈35 mm, bug‘lanish > 2000 mm) hisoblanadi. Shu sababli u qurg‘oqchil (arid) cho‘llar toifasiga kiradi. Maydoni 650 000 km². Cho‘l 44°30' va 56°30' sharqiy uzunlik, 16°30' va 23°00' shimoliy kenglik oralig‘ida, quyidagi davlatlar hududida joylashgan: Saudiya Arabistoni, Omon, BAA va Yaman.

Geologik tuzilishi

Rub al-Xoli janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa qarab Arabiston shelfi bo‘ylab cho‘zilgan ulkan botiqdir. Qum shag‘al yoki gips ustida yotadi, qum tepalari balandligi 250 m ga yetadi. Qum asosan silikatli bo‘lib, uning 80 dan 90 % gacha qismini kvars, qolgan qismini esa dala shpati tashkil etadi. Dala shpati zarrachalari temir(III) oksidi bilan qoplangani sababli qumga to‘q sariq va qizil rang beradi.

Adabiyotlar

Havolalar