| Ko‘kaldosh madrasasi | |
|---|---|
| o‘zb. Koʻkaldosh madrasasi / Кўкалдош мадрасаси | |
| | |
| 41°19′24″ sh. k. 69°14′10″ sh. u.HGYaO | |
| Turi | Madrasa |
| Mamlakat |
|
| Shahar | Toshkent, Navoiy shohko‘chasi |
| Diniy mansubligi | Islom |
| Bino turi | diniy ta’lim muassasasi |
| Asoschisi | Qulbobo Ko‘kaltosh |
| Asos solingan sana | 1569 |
| Qurilish davri | 1568—1569 yillar |
Ko‘kaldosh madrasasi (o‘zb. Koʻkaldosh madrasasi / Кўкалдош мадрасаси) — eski Toshkentdagi 23 ta madrasa orasida eng kattasi. U 1569-yildan kechiktirmay Toshkent shayboniy sultonlari Baroqxon va Darvishxonning «ko‘kaldosh» laqabli vaziri tomonidan bunyod etilgan.
Madrasa qadimgi shahriston Binkatning baland qismida, janubiy qal’a devori mudofaa ko‘tarmasining qoldiqlari ustida qurilgan.
Balandligi 15,7 m bo‘lgan bosh peshtoq ikki qavatli, hujralardan iborat yotoqxonalar bilan o‘ralgan ichki hovliga olib kiradi. Har bir hujra xona va kirish qismidagi ayvondan iborat. Bir xonada ikki yoki uch talaba yashagan. Bosh peshtoqning burchaklaridagi minoralardan (guldastalardan) muazzinlar, ya’ni azonchilar, mo‘minlarni ibodatga chorlaydi (namoz).
Peshtoq 1866 va 1886-yillardagi zilzilalar oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan. 1950—61-yillarda qayta tiklangan.