TCP/IP tarmoq porti

Port (ingl. port) — OSI tarmoq modelining transport sathi protokollari sarlavhalarida qayd etiladigan manfiy bo‘lmagan butun sondir. Bunday protokollarga quyidagilar kiradi: TCP, UDP, SCTP va DCCP.

Tavsif

Odatda xostda — operatsion tizim boshqaruvi ostidagi foydalanuvchi muhitida — bir nechta jarayonishlaydi va ularning har birida muayyan dasturbajariladi. Agar bir nechta dastur kompyuter tarmog‘idanfoydalansa, operatsion tizim tarmoq orqali vaqti-vaqti bilan IP-paketniqabul qiladi. Bu paket dasturlardan biriga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Tarmoq orqali ma’lumot almashmoqchi bo‘lgan dastur jarayoni (masalan, soket (socket) yaratishda):

  • operatsion tizimdan muayyan raqamli portni o‘ziga ajratishni so‘rashi mumkin. Operatsion tizim bu portni ajratadi yoki so‘rovni rad etadi (masalan, shu raqamli port boshqa jarayonga ajratilgan bo‘lsa);
  • operatsion tizimdan istalgan raqamdagi bo‘sh portni ajratishni so‘rashi mumkin. Bunday holda operatsion tizim hech bir jarayon band qilmagan bo‘sh portni o‘zi tanlaydi va uni so‘rov yuborgan dasturga ajratadi.

Tarmoq orqali ma’lumot almashish ikki jarayon o‘rtasida muayyan protokolasosida amalga oshiriladi. Ulanishni o‘rnatish uchun quyidagilar zarur:

  • ikkita port raqami (jo‘natuvchi jarayon porti va qabul qiluvchi port).

Jo‘natuvchi (manba) jarayon porti doimiy (statik) bo‘lishi yoki har bir yangi aloqa seansida dinamik tarzda tayinlanishi mumkin.

Ulanish TCP protokoli orqali amalga oshirilganda jo‘natuvchi jarayon porti quyidagilar uchun ishlatiladi:

  • qabul qiluvchi xostning operatsion tizimi tomonidan ma’lumot qabul qilinganini tasdiqlovchi paketni yuborish uchun;
  • qabul qiluvchi jarayon tomonidan javob paketini yuborish uchun.

Ulanish UDP protokoli orqali amalga oshirilganda jo‘natuvchi jarayon porti o‘rniga «port ko‘rsatilmagan» ma’nosidagi nolni ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

Ulanish SCTP protokoli orqali amalga oshirilganda bitta assotsiatsiya doirasida quyidagilardan foydalanish mumkin:

  • jo‘natuvchi (manba) jarayonning bir nechta portidan
  • qabul qiluvchi jarayonning bir nechta portidan.

Jo‘natuvchi xostning IP-manzili va jo‘natuvchi jarayonning port raqami pochta konvertlaridagi qaytish manziliga o‘xshagani (qabul qiluvchiga jo‘natuvchiga javob yuborish imkonini bergani) sababli, jo‘natuvchi jarayonning port raqami ba’zan «qaytish» porti deb ataladi.

Agar xostdagi biror jarayon doim bir xil port raqamidan foydalansa (masalan, veb-serverdasturining jarayoni ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish uchun 80-portdan foydalanishi mumkin), bunday port «ochiq» deyiladi.

«Ochiq port» va «yopiq port» (bloklangan port) atamalari tarmoq trafigini filtrlash haqida gap ketganda ham qo‘llanadi.

Agar jarayon operatsion tizimdan port raqamini olgan («portni ochgan») va ma’lumotlarni qabul qilish hamda uzatish uchun uni «ochiq holda saqlayotgan» bo‘lsa, jarayon portni «tinglaydi» (so‘zlashuvda «eshitadi», ingl. listen) deb aytiladi.

Odatda portni muayyan protokol uchun server vazifasini bajaruvchi dastur jarayoni tinglaydi. Xuddi shu protokolning mijoz dasturi jarayoni esa odatda serverga ulanish uchun port raqamini operatsion tizimga ko‘rsatishi mumkin.

Agar xost paket qabul qilsa, jo‘natuvchi jarayon porti «masofaviy» (ingl. remote) port yoki «boshqa xostdaochilgan» port deb ataladi. Qabul qiluvchi jarayon porti esa «mahalliy» port, ya’ni joriy xostda ochilgan port hisoblanadi. Agar xost paket jo‘natsa, jo‘natuvchi jarayon porti «mahalliy» (joriy xostdaochilgan) port, qabul qiluvchi jarayon porti esa «masofaviy» (boshqa xostdagi port).

Amaliy sath protokollari uchun port raqamlari tarmoq modeli TCP/IP (HTTP, SSH va boshqalar) bo‘yicha odatda IANA (ingl. internet assigned numbers authority) tashkiloti tomonidan belgilanadi. Biroq amalda xavfsizlik maqsadida port raqamlari ixtiyoriy tanlanishi ham mumkin.

«Port» atamasi ko‘pincha quyidagi protokollar — TCP va UDP uchun ishlatiladi, chunki ular keng tarqalgan. SCTP va DCCP protokollarida ham TCP va UDP protokollaridagi «port raqami» tushunchasiga mos raqamlar qo‘llanadi.

Quyidagi TCP va UDP protokollari sarlavhalarida port raqamlarini saqlash uchun hajmi 16 bitbo‘lgan maydonlar ajratilgan. TCP protokolida 0-raqamli port zaxiralangan va undan foydalanib bo‘lmaydi. UDP protokolida jo‘natuvchi jarayon portini («qaytish» portini) ko‘rsatish shart emas; 0-raqamli port esa port ko‘rsatilmaganini bildiradi. Shunday qilib, port raqami quyidagi oraliqda bo‘ladi: 1 dan 216-1=65 535.

Portlardan foydalanishga misollar

Elektron pochta (e-mail)

Ushbu serverda quyidagi protokollarni amalga oshiruvchi jarayonlar (dasturlar)ishga tushirilgan:

Dastur jarayoni (dastur), agar u aloqa protokoli sifatida SMTPdan foydalansa, odatda, TCP ning 25-portini (qisqacha: «tcp/25») «tinglaydi».

Dastur jarayoni (dastur), agar u aloqa protokoli sifatida POPdan foydalansa, odatda, TCP ning 110-portini (qisqacha: «tcp/110») «tinglaydi».

Jarayonlar bitta xostda (kompyuterda) ishga tushirilishi mumkin. Muayyan jarayonni aniqlash port raqami orqali amalga oshiriladi.

Jarayon (dastur)-mijozi, agar u serverga xat yuborish (SMTP) yoki olish (POP yoki IMAP) uchun ulanmoqchi bo‘lsa, odatda, port raqamini dinamik tarzda oladi.

DHCP

Ba’zi hollarda oldindan ma’lum port raqamlaridan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Masalan, IP-manzilni olish uchun protokol DHCP bo‘yicha ishlovchi jarayon — dastur-mijozi esa protokol UDP orqali datagrammani 68-portdan (jo‘natuvchi jarayon porti) 67-portga (qabul qiluvchi jarayon porti) yuboradi.

URL manzillarida foydalanish

Port raqamlari veb-saytlarning (URL) manzillarida yoki kompyuter tarmoqlarida mavjud boshqa resurslarning identifikatorlarida (URI) ko‘rsatilishi mumkin. Odatiy holatda HTTP protokolida 80-port, HTTPS protokolida esa 443-port ishlatiladi. Quyidagi URL manzili: http://www.example.com:8080/path/ — veb-resursga veb-server 8080-port orqali xizmat ko‘rsatishini anglatadi.

Port holatlari

Ko‘plab operatsion tizimlarda (Windows, UNIX oilasiga mansub tizimlar) transport sathi protokollarining faol (operatsion tizim jarayonlarga ajratgan) port raqamlarini netstat va nmap yordamida aniqlash mumkin ( UNIX hamda boshqa tizimlarda, jumladan Linux).

Portlarning netstat va nmapyordamchi dasturlari ko‘rsatadigan holatlari jadvalda keltirilgan.

Port holati Tavsif
Ochiq yoki tinglanayotgan (ingl. open yoki listen) Dastur-server ulanishni so‘ragan dasturlar-mijozlar ni qabul qilishga tayyor («portni tinglaydi»)
Filtrlanmoqda (ingl. filtered) Port ochiq yoki yopiqligini aniqlab bo‘lmaydi; bunga tarmoqlararo ekran (fayrvol) yoki boshqa sabab ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin
Yopiq (ingl. closed) Operatsion tizim hali hech bir jarayongaport raqamini ajratmagan, ammo istalgan payt ajratishi mumkin

Port raqamlari

TCP portlari UDP portlari bilan to‘qnashmaydi: TCP protokolidagi 1234-port UDP protokolining 1234-porti orqali ma’lumot almashishga xalaqit bermaydi.

Ko‘pchilik UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlarda 0–1023 raqamli portlarni tinglash uchun maxsus huquqlar (root) talab etiladi. Boshqa port raqamlarini operatsion tizim ularni birinchi bo‘lib so‘ragan jarayonlarga ajratadi.

Ba’zi mashhur dasturlar — trafik tahlilchilari (masalan, Wireshark) va tarmoq fayrvollari tarmoqdagi ma’lumot uzatish protokolinianiqlash uchun port raqamlarining umume’tirof etilgan belgilanishlaridan foydalanadi, biroq bu har doim ham to‘g‘ri natija bermaydi. Ayrim hollarda tarmoq xizmatlari nostandart port raqamlarini ishlatadi yoki portlardan belgilangan vazifasidan boshqa maqsadda foydalanadi. Masalan, internet provayderlari SMTP-serverlarini 2525-portda (25-port o‘rniga) foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun ishga tushirgan holatlar ma’lum. Maxsus saytlar, masalan, ma’muriy veb-interfeyslar, ko‘pincha standart 80 va 443-portlardan farqli portlarda ishlaydi.