Internet shlyuzi — odatda, dasturiy ta’minot bo‘lib, turli tarmoqlar o‘rtasida trafik uzatilishini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Ushbu dastur tizim administratoriga ish jarayonida tarmoq trafigi va xodimlar faoliyatini nazorat qilish imkonini beruvchi vosita hisoblanadi.
Tavsif
Odatda, internet shlyuzi foydalanuvchilar o‘rtasida internetga kirish imkoniyatini taqsimlash, trafik hisobini yuritish, ayrim foydalanuvchilar yoki foydalanuvchilar guruhlarining internet resurslaridan foydalanishini cheklash imkonini beradi. Internet shlyuzi tarkibiga proksi-server, tarmoqlararo ekran, pochta serveri, trafik tezligini boshqaruvchi vosita (шейпер), antivirus va boshqa tarmoq utilitalari kirishi mumkin. Internet shlyuzi tarmoqdagi kompyuterlardan birida yoki alohida serverda ishlashi mumkin. Shlyuz dasturiy ta’minot sifatida operatsion tizim mavjud kompyuterga o‘rnatiladi yoki bo‘sh kompyuterga ichki operatsion tizimni o‘rnatish orqali ishga tushiriladi.
Shuningdek, shlyuz deganda ko‘pincha internetga ulanishni ta’minlaydigan kompyuterning IP-manzili ham tushuniladi.