Rotterdam haqida

Shahar va munitsipalitet
Rotterdam
niderl. Rotterdam
Yuqoridan pastga, chapdan o‘ngga: quyosh botayotgan paytdagi Rotterdam, Avliyo Lavrentiy cherkovi, «Vayron qilingan shahar» haykali, Yevromachta, Kub shaklidagi uylar, stadion (« Feyenoord» futbol klubi), Rotterdam shahar hokimiyati binosi[niderl.], Sxilandsxyoys[niderl.], «Nyu-York» mehmonxonasi, Tarixiy markaz — Delfsxaven, Rotterdam porti
51°55′51″ sh. k. 4°28′45″ sh. u.HGYO
Mamlakat  Niderlandiya
Provinsiya Janubiy Gollandiya
Munitsipalitet Rotterdam
Burgomistr Korneliya Yoxanna Sxauten (CU)
Tarix va geografiya
Tashkil topgan XIII asr
Maydoni 319,35 km²
Markazining balandligi 10 m
Vaqt mintaqasi UTC+1:00, yozda UTC+2:00
Aholi
Aholisi ▲631 155 kishi (2016)
Aholi zichligi 1933 kishi/km²
Aglomeratsiya Randstad
Aholisining atalishi rotterdamlik, rotterdamliklar
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +31 10
Pochta indeksi 3000
Boshqa ma’lumotlar
Asosiy transport yo‘llari A4, A13, А15, А16, А20

rotterdam.nl
 (niderl.) (ingl.)
Роттердам на карте
Роттердам
Rotterdam
Роттердам на карте
Роттердам
Rotterdam
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi sayohat qo‘llanmasi

Rotterdam (niderl. Rotterdam Xalqaro fonetik alifbo: [ˌʀɔtəʀˈdɑm]audiofayl haqida) — shahar va munitsipalitet bo‘lib, Niderlandiyadajoylashgan. Shahar Janubiy Gollandiya provinsiyasida, Nyuve-Maas daryosining Shimoliy dengizgaquyilish joyida joylashgan. Aholisi 617 347 kishi (1-yanvar holatiga ko‘ra, 2012), Niderlandiyada aholi soni bo‘yicha Amsterdamdankeyin ikkinchi o‘rinda turadi. Rotterdam yirik shahar aglomeratsiyasi — Randstad. Rotterdamning shiori — Sterker door strijd («Kurashda chiniqqan»).

Yirik transport tuguni (temiryo‘l va avtomobil yo‘llari); dengiz ( Shimoliy dengiz) va daryo (Nyuve-Maas daryosi) portlari; Rotterdam–Gaaga aeroporti. Rotterdam porti Yevropadagieng yirik port hisoblanadi. 1962–2004-yillarda esa dunyodagi eng kattasi bo‘lgan, keyinchalik bu maqomni Shanxay egalladi.

Tarixi

Kichik Rotte daryosi Maas daryosiga quyiladigan joyda joylashgan va Rotte ustiga to‘g‘on qurilgan hududdagi manzilgoh haqidagi ilk yozma ma’lumotlar 1283-yilgi hujjatlarda uchraydi. 1340-yilda Rotterdamga shahar huquqlari va imtiyozlari berilgan. Oradan 10 yil o‘tgach, aholi graflardan Leyden va Delftgaingliz junini tashish uchun maxsus kanal qurishga ruxsat olgan. Rotterdamning savdo porti sifatidagi rivoji aynan shu davrdan boshlangan.

Rotterdam XIX asr oxirida

Iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qilgan urushlar va tabiiy ofatlarga (masalan, Avstriyalik Maksimilian tomonidan 1489-yilda qamal qilinishi, 1563-yildagi yong‘in, 1572-yilda ispanlar tomonidan talon-toroj qilinishi) qaramay, shahar savdoni, ayniqsa La-Mansh va O‘rta dengiz portlari bilan aloqalarni faol rivojlantirishda davom etdi. U yerlarga baliqchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib borilar, ortga tuz, vino va mevalar keltirilar edi. Kemalar qatnovi jadallashgani sababli shahar hokimiyati 10 ta yangi keng prichalga ega katta portni 1600-yillarda qurishga majbur bo‘ldi.

Asta-sekin kengayib borgan shahar qulay geografik o‘rni tufayli XVII asrda (Janubi-Sharqiy Osiyoga olib boruvchi buyuk okean yo‘llari ochilgach) eng yirik savdo portlaridan biriga aylandi. Rotterdam Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasiningeng muhim oltita savdo portidan biri edi. XIX asr oxirida shahar Fransiya va Amerika investitsiyalarini ham faol jalb qildi. 1872-yilda yirik okean kemalari qatnay oladigan Nyuve-Vatervex kanali foydalanishga topshirilgach, u butun dunyodagi eng yirik bandargohga aylandi. O‘sha vaqtda Amerika kompaniyalari ofislari uchun Vitte-Xyoys («Oq uy») qurildi va balandligi 45 metr bo‘lgan bu bino Yevropaning eng baland binosiga aylandi.

Aynan Birinchi jahon urushi davrida Niderlandiyaning betarafligi va qulay geografik joylashuvi tufayli Rotterdam eng yirik josuslik markaziga aylandi. Nemis qo‘shinlari 1940-yilda bostirib kirgach, 14-may kuni shahar markazi butunlay vayron qilindi: Germaniya aviatsiyasi asosan shahar markaziga qariyb 97 tonna bomba tashladi va taxminan 2,5 km² maydondagi barcha inshootlarni yo‘q qildi (vaholanki, shahar himoyachilari bosqinchilarning ultimatumini qabul qilib, oldindan taslim bo‘lgan edi). Tarixiy binolarni qayta tiklamaslikka qaror qilindi. Natijada Rotterdam zamonaviy me’morchilik namunalari bilan boyidi.

Aholisi

Aholi sonining o‘sishi
Yil Aholi soni
1796 53 200
1830 72 300 (▲19 100)
1849 90 100 (▲17 800)
1879 148 100 (▲58 000)
1899 318 500 (▲170 400)
1925 547 900 (▲229 400)
1965 731 000 (▲183 100)
1984 555 000 (▼ 176 000)
2005 596 407 (▲ 41 407)
2006 588 576 (▼ 7 831)
2007 584 046 (▼ 4 530)
2010 603 425 (▲ 19 379)
2014 624 799 (▲ 21 374)
2016 631 155 (▲ 6 356)

Milliy tarkibi

Rotterdam aholisining taxminan 30 %i kelib chiqishi jihatidan golland emas. Irqiy tarkibi jihatidan yevropoid bo‘lmagan aholi ulushi mamlakatdagi boshqa shaharlarga nisbatan eng yuqori.

Ma’lumotlar: 2006-yil:

Jami aholi — 588 718 kishi

Shahar boshqaruvi

Birinchi musulmon burgomistr

Yanvar boshida 2009-yili sotsial-demokratik partiya rahbarlari burgomistr lavozimiga Niderlandiyadagi ilkmusulmon Ahmad Abutolibni sayladilar (u ayni paytda G‘arbiy Yevropadagi yirik shaharning birinchi musulmon meri ham edi). Ahmad Abutolib asli marokashlik bo‘lib, Niderlandiya pasportidan tashqari Marokash pasportiga ham ega. Abutolib 1961-yilda Marokashda tug‘ilgan va 16 yoshida ota-onasi uni Niderlandiyaga olib kelgan. Uning burgomistr etib tayinlanishi shaharda, ayniqsa, o‘ng qanot va o‘ta o‘ngradikal partiyalar orasida turlicha munosabat uyg‘otdi. Ularning fikricha, bunday tayinlov integratsiya jarayoniga, ya’ni musulmon muhojirlarning Niderlandiya jamiyatiga qo‘shilishiga yordam bermaydi.

Me’morchilik va diqqatga sazovor joylar

1940-yildagi suratda Avliyo Lavrentiy cherkovi atrofidagi yonib ketgan mahalla

Rotterdam zamonaviy me’morchilikning eng yorqin namoyon bo‘ladigan shaharlaridan biridir. Bu yerda dunyoga mashhur me’morlik kompaniyalari OMA va MVRDVjoylashgan. Har yili shaharga qariyb to‘rt million sayyoh tashrif buyuradi. Eng muhim diqqatga sazovor joylar:

Transport

Shaharda metro (5 ta yo‘nalish, 1968-yildan), tramvay (1879-yildan, 9 ta yo‘nalish) va avtobuslar (38 ta yo‘nalish; juma va shanba kunlari tunda 4,5 € evaziga maxsus avtobuslar qatnaydi) ishlaydi. Shuningdek, tezyurar tramvayning shaharlararo yo‘nalishi Gaagagaboradi. U rasman metroning «E liniyasi» hisoblanadi. Yo‘l haqi Amsterdamdagi kabi (strippenkarta) to‘lanadi.

Nyuve-Maas daryosining ikki qirg‘og‘i 1942-yilda ochilgan Maas tunneli orqali tutashtirilgan. Uzunligi 1070 m bo‘lgan tunnel avtomobillar uchun hamda velosipedchilar va piyodalar uchun alohida yo‘laklardan iborat. Daryoning ikkala qirg‘og‘ida velosipedchilar va piyodalar tunnelga tushishi uchun kirish pavilyonlari va eskalatorlar qurilgan.

Dengiz transportidan tashqari, Rotterdam bilan avtomobil, temiryo‘l, daryo va havo transporti orqali ham aloqa yo‘lga qo‘yilgan (Rotterdam–Gaaga aeroporti). Maas va Reyn daryolari qit’aning ichki hududlari bilan aloqani ta’minlaydi.

2007-yildan buyon «Betuweroute» nomli maxsus yuk temiryo‘li Rotterdamni Germaniya bilan bog‘lab turibdi.

Rotterdam porti

Erazm ko‘prigi

Rotterdam porti Yevropa qit’asi ichida ham, butun dunyoda ham sochiluvchan, suyuq, konteynerli va boshqa turdagi yuklarga ishlov berishning eng muhim markazlaridan biridir. Rotterdam porti faoliyatining eng ahamiyatli sohasi neft-kimyo sanoati (7 ta neftni qayta ishlash korxonasi — Reyn daryosi deltasidagi orollarda joylashgan) hamda umumiy yuklarga ishlov berishdir. Portning sharqiy qismida eng yirik neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan.

2011-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Rotterdam qayta ishlanadigan konteynerlar soni bo‘yicha dunyoda o‘ninchi port edi (TEU).

Ta’lim

Shaharda Rotterdamlik Erazm nomidagi universitet joylashgan.

Madaniy hayot

Muzeylar orasida, ayniqsa, Boymans–van Byoningen muzeyi (mamlakatdagi eng yirik san’at galereyalaridan biri), etnografik Jahon muzeyi hamda port muzeyi (dengizchilikka oid yarim milliondan ortiq buyumlar to‘plami) diqqatga sazovor. 2025-yil may oyida FENIX migratsiya muzeyiochildi. U aholi migratsiyasi va uning tarixiga bag‘ishlangan.

Rotterdam o‘zining tungi klublaribilan mashhur. Har yili yanvar oxirida xalqaro kinofestival (asosan muqobil kino namoyishlari) o‘tkaziladi.

Rotterdam taqvimidagi bosh tadbir mohiyatan mutlaqo gollandlarga xos emas. Bu yozgi karnaval (Zomercarnaval) bo‘lib, Karib dengizi mintaqasi uslubida iyul oxirida o‘tkaziladi.

2007-yilda Rotterdamda Bolalar Yevrovideniyesitanlovi o‘tkazildi. Keyinchalik tanlov yana Niderlandiyada — ammo bu safar Amsterdamda, 2012 yilda bo‘lib o‘tdi. 2020 yilda esa Rotterdam Yevrovideniye–2020tanlovini qabul qilishi kerak edi, biroq tanlov pandemiya COVID-19sababli bekor qilindi. 2021-yilda Rotterdamda Yevrovideniye–2021 qo‘shiq tanlovi o‘tkazildi.

Jahon esperanto assotsiatsiyasi

1955-yil noyabridan buyon Rotterdamda Jahon esperanto assotsiatsiyasining (esperantocha Centra Oficejo de Universala Esperanto-Asocio) shtab-kvartirasi joylashgan. Ilgari u Buyuk Britaniyadaedi. Shtab-kvartira Nieuwe Binnenwegko‘chasidagi ikki qavatli binoni to‘liq egallaydi. Bino 1887-yilda qurilgan — aynan shu yilda ilk esperanto tili darsligi nashr etilgan.

Jahon esperanto assotsiatsiyasining 100 yilligi munosabati bilan 2008-yil yozida Rotterdamda shahar hokimiyati ko‘magida Butunjahon esperantistlar kongressio‘tkazildi. Tadbir logotipida Rotterdamning yangi ramzi sifatida sxematik ravishda tasvirlangan inshoot — Erazm ko‘prigi.

Sport

Rotterdamda uchta klub Niderlandiya futbol chempionati oliy ligasida ishtirok etadi: «Feyenoord», «Sparta» va «Ekselsior». «Feyenoord» — Niderlandiyaning eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan klublaridan biri bo‘lib, xalqaro turnirlarda ko‘p bor g‘alaba qozongan. Xususan, 1970-yilda u Niderlandiya klublari orasida birinchi bo‘lib Yevropa chempionlari kubogini qo‘lga kiritib, shuningdek, Qit’alararo kubok sohibi bo‘ldi.

Qardosh shaharlar

Valxaven
Marktal yopiq bozori

2022-yilda Rotterdam Sankt-Peterburg bilan hamkorlikni quyidagi sababga ko‘ra to‘xtatdi: Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi.

Qardosh portlar

Adabiyotlar

Havolalar