Quyosh yorqinligi nima

Quyosh yorituvchanligi, L⨀ — yorituvchanlik (ya’ni vaqt birligida ajralib chiqadigan energiya miqdori) uchun qo‘llaniladigan o‘lchov birligi bo‘lib, odatda astronomlar tomonidan yulduzlarning yorituvchanligini ifodalashda ishlatiladi. U Quyoshning yorituvchanligiga teng bo‘lib, uning qiymati 3,828⋅1026 Vt yoki 3,828⋅1033 erg/s.

Doimiyning hisoblanishi

Quyosh yorituvchanligini Yer yaqinida (Quyoshdan 1 a. b. masofada) joylashgan va quyosh nurlari tushish yo‘nalishiga perpendikular qaratilgan birlik yuzaga vaqt birligida kelib tushadigan energiya miqdorini o‘lchash orqali hisoblash mumkin. Bu energiya oqimi Quyosh doimiysi deb ataladi va uning o‘rtacha qiymati A = 1361 Vt/m² (uning o‘zgarishi asosan Quyosh faolligining davriy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lib, taxminan 0,1 % ni tashkil qiladi). Radiusi R = 1 a. b. = 149 597 870 691 m bo‘lgan sferaning yuzasi S = 4πR2 ≈ 2,8123⋅1023 m2; demak, bu sferadan o‘tuvchi energiya oqimining quvvati AS = 3,828⋅1026 Vt.

Quyosh yorituvchanligini hisoblashning yana bir usuli Quyoshni yuqori aniqlik bilan mutlaq qora jism deb hisoblash mumkinligiga asoslanadi. Natijada Quyosh sirtining birlik yuzasidan bir soniyada nurlanadigan energiya miqdori faqat uning harorati T ga bog‘liq bo‘ladi. Stefan — Bolsman qonuniga ko‘ra: L⊙ = σT4×S☉, bunda σ — Stefan — Bolsman doimiysi, S☉ = 4πR⊙2 — Quyosh sirtining yuzasi.

Havolalar