Danang haqida

Markazga bo‘ysunuvchi shahar
Danang
vyet. Đà Nẵng
16°02′55″ sh. k. 108°13′14″ sh. u.HGЯO
Mamlakat  Vyetnam
Ma'muriy bo‘linishi 6 ta shahar tumani,
1 ta qishloq tumani,
1 ta orollar arxipelagi
Rahbari Le Chung Chin
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 192
Avvalgi nomlari Indrapura (cham tilida Indrapura);
Turan (frans. Tourane)
Maydoni 1 285 km²
Markazining balandligi 19 m
Iqlim turi tropik musson iqlimi[VM]
Vaqt mintaqasi UTC+7:00
Aholisi
Aholisi 1 220 190 kishi (2022)
Aholi zichligi 950 kishi/km²
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +84 236
Pochta indeksi 50000–50999

danang.gov.vn
Дананг на карте
Дананг
Danang
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi sayohat qo‘llanmasi

Danang (vyet. Đà Nẵng) — Vyetnamdagi markazga bo‘ysunuvchi beshta shahardan biri bo‘lib, Vyetnamda aholi soni bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. U Janubiy Markaziy mintaqaning shimoliy qismida joylashgan.

Geografik ma'lumotlar

Xan daryosi ustidagi ko‘prik — Danang ramzi

Shahar Janubiy Xitoy dengizi sohilida, Markaziy Vyetnamda joylashgan. Danangdan 759 km uzoqlikda Xanoy , 960 km uzoqlikda esa Xoshiminshaharlari joylashgan. Shaharda dengiz porti va xalqaro aeroport.

Danang «Sharq–G‘arb» iqtisodiy koridorining yakuniy nuqtasi hisoblanadi. Bu koridor ASEANmintaqasidagi Vyetnam, Laos, Tailand va Myanmani qamrab oladi. Danangda Rossiya Bosh konsulxonasi mavjud.

Iqlimi

Iqlim diagrammasi — Danang
YFMAMIIASOND
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 90
 
Eng yuqori harorat, °C: 24
Eng past harorat, °C:17
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 40
 
Eng yuqori harorat, °C: 26
Eng past harorat, °C:19
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 28
 
Eng yuqori harorat, °C: 27
Eng past harorat, °C:21
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 48
 
Eng yuqori harorat, °C: 30
Eng past harorat, °C:22
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 71
 
Eng yuqori harorat, °C: 32
Eng past harorat, °C:23
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 88
 
Eng yuqori harorat, °C: 33
Eng past harorat, °C:23
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 88
 
Eng yuqori harorat, °C: 33
Eng past harorat, °C:24
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 136
 
Eng yuqori harorat, °C: 33
Eng past harorat, °C:23
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 388
 
Eng yuqori harorat, °C: 31
Eng past harorat, °C:21
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 621
 
Eng yuqori harorat, °C: 28
Eng past harorat, °C:21
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 436
 
Eng yuqori harorat, °C: 27
Eng past harorat, °C:20
 
 
Yog‘in miqdori, mm: 200
 
Eng yuqori harorat, °C: 25
Eng past harorat, °C:18

Danangning iqlimi mussonlitropik iqlimdir. Havo harorati yil davomida yuqori bo‘lib, uncha katta o‘zgarish kuzatilmaydi. Yomg‘irli mavsum sentyabrdan dekabrgacha, quruq mavsum esa yanvardan avgustgacha davom etadi.

O‘rtacha yillik harorat taxminan 25,8 °C ni tashkil etadi; eng yuqori harorat iyun, iyul va avgust oylarida (o‘rtacha 28–30 °C), eng past harorat esa dekabr, yanvar va fevral oylarida (o‘rtacha 18–23 °C) kuzatiladi. Ba Na Hills[ingl.] kurortida, taxminan 1500 m balandlikda, o‘rtacha harorat 20 °C atrofida bo‘ladi. Eng ko‘p yog‘in oktabr va noyabr oylarida yog‘adi (o‘rtacha 550—1000 mm/oy), eng kam yog‘in esa fevral, mart va aprel oylariga to‘g‘ri keladi (o‘rtacha 28–50 mm/oy). Danang har yili bir yoki ikkita bo‘ron yoxud tropik siklonta'siriga uchraydi. 2006 yilda Danang tayfun Ksansan oqibatida katta zarar ko‘rgan; bu so‘nggi 100 yil ichida shaharga yopirilgan eng kuchli tayfun edi.

Xususan, Xoangsha arxipelagida quyoshli soatlar soni yiliga 2300 dan 2500 soatgacha o‘zgaradi. Arxipelag suvlarida havoning o‘rtacha minimal harorati yanvarda 22-24 °C bo‘lib, asta-sekin ko‘tariladi va iyun hamda iyul oylarida o‘rtacha eng yuqori 28,5-29 °C ga yetadi. Yozda janubi-g‘arbiy, qishda esa shimoli-sharqiy shamol ustunlik qiladi. Xoangshada o‘rtacha yillik yog‘in miqdori taxminan 1300—1700 mm. Havoning nisbiy namligi o‘rtacha 80-85 % bo‘lib, mavsumga qarab deyarli o‘zgarmaydi.

Danang iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq eng yuqori t, °C 32,8 36,8 37,2 41,1 39,4 40,0 38,3 39,0 37,8 36,1 35,0 32,8 41,1
O‘rtacha eng yuqori t, °C 25,1 26,1 28,5 31,0 33,1 34,2 34,4 33,9 31,6 29,3 27,1 24,9 29,9
O‘rtacha harorat, °C 21,5 22,3 24,2 26,4 28,3 29,2 29,3 29,0 27,5 25,9 24,1 22,1 25,8
O‘rtacha eng past t, °C 19,1 20,0 21,5 23,5 24,9 25,6 25,4 25,4 24,3 23,3 21,8 19,7 22,9
Mutlaq eng past t, °C 8,9 7,8 11,1 7,8 18,9 20,0 17,8 21,4 20,9 12,2 7,2 11,1 7,2
Yog‘in miqdori (me'yor), mm 85 25 20 35 84 90 87 117 312 650 432 216 2151
Yog‘inli kunlar soni 11,6 6,3 4,1 5,4 9,8 8,7 9,2 11,0 14,4 20,1 20,5 18,3 139,4
Havo namligi, % 84.2 83.9 83.5 82.6 79.5 76.5 75.3 77.2 77.2 84.5 84.8 85.5 81.6
Quyosh nur sochishi, soat 139 145 188 209 246 239 253 218 176 145 120 103 2182

Tarixi

Bu hududga dastlab Indoneziyadan kelgan kishilar joylashib, 192 yilda Indrapura (cham tilida Indrapura) manzilgohiga asos solganlar. Keyinchalik u Champaqirolliklaridan biriga aylangan. Hindixitoyning Fransiya mustamlakasi bo‘lgan davrida shahar Turan (frans. Tourane) deb atalgan. Shahar 1997 yilgacha Kuangnam-Danangviloyati tarkibida bo‘lgan, 1-yanvar 1997 yildan esa markazga bo‘ysunuvchi shahar maqomiga ega bo‘lgan.

2017 yil noyabr oyida Danang APEC sammitiga mezbonlik qilgan.

Ma'muriy bo‘linishi

Ma’muriy islohotgacha shahar quyidagi birliklarga bo‘lingan edi: 6 ta shahar tumani (Xaychau, Thanxkxe, Shoncha, Nguxanshon, Lyentyueu, Kamle) va 2 ta qishloq tumani (Xoavang va Xoangsha, jumladan Parasel orollari).

1-iyul 2025 yildan tuman darajasi tugatilgach, shaharning, shu jumladan unga qo‘shib olingan Kuangnamviloyati hududi bevosita mahalliy darajadagi 94 ta ma'muriy birlikka: 23 ta shahar mavzesi, 70 ta jamoaga va 1 ta maxsus zonaga bo‘lindi.

Aholisi

2019 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlariga ko‘ra, Danangda 1 134 310 kishi istiqomat qilgan; ularning qariyb 99,5 %i vyetlar.

Diqqatga sazovor joylari

Haykal: Kuan Am (joylashuvi: Lin Ung pagodasi)
  • Haykal: Kuan Am (xitoycha Guanyin, sanskritcha Avalokiteshvara), Lin Ung pagodasida joylashgan bo‘lib, balandligi 67 metr. Qurilgan paytida (2010) u Vyetnamdagi eng baland haykal edi
  • Yarimorol: Soncha (Shoncha) (vyet. Sơn Trà) — milliy ahamiyatga ega tabiiy qo‘riqxona bo‘lib, maydoni taxminan 4400 ga. U Danang markazidan 10 km shimoli-sharqda joylashgan. Bu yerda Qizil kitobga kiritilgan turning dunyo bo‘yicha 60% dan ortiq vakili yashaydi. Bu tur — Nemea yupqa tanali maymuni (Pygathrix nemaeus) bo‘lib, uni ko‘pincha dunyodagi eng chiroyli va rang-barang maymunlardan biri deb atashadi
  • Ba Na Hills[ingl.] (Sun World Ba Na Hills nomi bilan ham tanilgan) — Chyongshon tog‘larida , Danangdan taxminan 25 km g‘arbda joylashgan tog‘ kurorti va ko‘ngilochar bog‘. 29-mart 2013-yilda ochilgan Ba Na osma yo‘li to‘xtamasdan harakatlanadigan dunyodagi eng uzun bir yo‘nalishli osma yo‘l sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan; uning uzunligi 5801 metr
  • Champa haykaltaroshlik muzeyi (vyet. Bảo tàng Điêu khắc Chăm) — dunyodagi eng yirik Champa haykallarito‘plamidir; muzey 1915-yilda Fransiyaning Uzoq Sharq maktabi (EFEO) arxeologlari ko‘magida tashkil etilgan, birinchi binosi 1919-yilda ochilgan
  • Danang muzeyi (vyet. Bảo tàng Đà Nẵng) — shahar tarixi muzeyi bo‘lib, Xan daryosi bo‘yidagi, 1898–1900-yillarda neoklassitsizm uslubida qurilgan Turan gubernatorining sobiq qarorgohi (Tòa Đốc Lý) binosida joylashgan. Bino turli davrlarda Fransiya gubernatorlarining qarorgohi, Turan meriyasi, 1945-yil avgustidan keyin inqilobiy qo‘mita shtab-kvartirasi va muzeyga aylantirilguniga qadar Danang shahar hokimiyati binosi vazifasini bajargan. Muzey ekspozitsiyasi qariyb 3000 tanlab olingan eksponatni o‘z ichiga oladi; ular saqlanayotgan 27 000 buyum orasidan saralangan va shahar tabiati, tarixi hamda madaniyatini yoritadi. Namoyishda multimedia texnologiyalari, jumladan 3D-proyeksiyalardan foydalaniladi.
  • Danang tasviriy san'at muzeyi (vyet. Bảo tàng Mỹ thuật Đà Nẵng) — 29-iyul 2014-yilda Markaziy mintaqa va Markaziy tog‘liklar badiiy merosini saqlash hamda ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Unda zamonaviy tasviriy san’at asarlari, xalq amaliy san’ati va an’anaviy hunarmandchilik buyumlaridan iborat 1000 dan ortiq asar saqlanadi va namoyish etiladi
  • Danang kafedral sobori (vyet. Nhà thờ Chính Tòa Đà Nẵng); «Pushti cherkov» va «Xo‘roz cherkovi» nomlari bilan ham mashhur. Bu 1923–1924-yillarda Fransiya mustamlakachilik boshqaruvi davrida gotika uslubida qurilgan katolik soboridir; qo‘ng‘iroq minorasi tepasiga o‘rnatilgan xo‘roz shaklidagi flyuger (shamol yo‘nalishini ko‘rsatuvchi moslama) binoning xalq orasidagi nomlaridan biriga sabab bo‘lgan
  • Mishon ibodatxonalar majmuasi — hinduizmga oid ibodatxonalar majmuasining xarobalaridir; ular Champa madaniyatigamansub va Jahon merosi ro‘yxatiga YUNESKO tomonidan kiritilgan
  • Xoyan tarixiy shahri — port shahrining tarixiy markazi bo‘lib, u ham Jahon merosi ro‘yxatiga YUNESKO tomonidan kiritilgan
  • Dongzyong — buddaviylik majmuasi xarobalari bo‘lib, ular Champa madaniyatiga mansub

Sport

FK Danang (vyet. Đà Nẵng) — Vyetnam futbol klubi, shu nomdagi shahar sharafini himoya qiladi va V-ligada ishtirok etadi.

Madaniyati

Danang shahrining an’anaviy taomlari — mi kuang (oz miqdordagi bulon bilan tortiladigan ugra) va o‘ziga xos baliqli bun cha; «Michelin» qo‘llanmasi ularni Danangga tashrif buyurganda albatta tatib ko‘rishni tavsiya etadi.

Qardosh va hamkor shaharlar

Qardosh shaharlar

Danang quyidagi shahar va hududlar bilan qardoshlik aloqalariga ega:

Qardosh portlar

Hamkorlik va do‘stlik

Qardosh shaharlardan tashqari, Danang quyidagilar bilan ham hamkorlik qiladi:

Bosh konsulxonalar

  • Ispaniya
  • Xitoy
  • Laos
  • Polsha
  • Rossiya
  • Janubiy Koreya
  • Yaponiya

Havolalar