| ingl. Pinterest | |
| | |
| URL | pinterest.com |
| Sayt turi | ijtimoiy tarmoq |
| Ro‘yxatdan o‘tish | bepul |
| Til | ko‘p tilli (rus tili ham mavjud) |
| Server joylashuvi |
|
| Egasi | Pinterest Inc. |
| Yaratuvchisi | Ben Zilberman |
| Ish boshlagan sana | mart 2010 |
| Joriy holati | faoliyat ko‘rsatmoqda |
| Mamlakat | |
Pinterest (Pinterest) — ijtimoiy internet-xizmat, fotoxosting bo‘lib, u foydalanuvchilarga onlayn tarzda tasvirlar qo‘shish, ularni mavzuli to‘plamlarga joylashtirish va boshqa foydalanuvchilar bilan ulashish imkonini beradi. Tasvirlarni «mahkamlash» (ingl. to pin) orqali «doskalar» deb ataladigan to‘plamlarga biriktirish mumkin (ingl. boards).
Ma’lumotlar 30-noyabr 2016-yil holatiga tegishli: o‘sha vaqtda sayt reytingda 50-o‘rinni egallagan. Reyting manbasi — alexa.com.

Sayt asoschisi — Ben Zilberman — Uest-De-Moyn shahridan (Ayova, AQSH). U 2008-yilda shu nomdagi kompaniyani tashkil etgan (xizmatning o‘zi esa faqat 2009-yilda ishga tushirilgan).
Tarixi
Xizmat ustidagi ishlar 2009-yil dekabr oyida boshlangan. Sayt 2010-yil mart oyida beta-versiyada ishga tushirilgan: dastlab ro‘yxatdan o‘tish yopiq bo‘lgan, keyinchalik esa faqat taklifnoma orqali amalga oshirilgan. Barcha uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish 2012-yil avgust oyida yo‘lga qo‘yilgan.
Asoschi Zilbermanning so‘zlariga ko‘ra, u dastlabki 5 ming foydalanuvchiga ro‘yxatdan o‘tishni taklif etuvchi xatlarni shaxsan yozgan. Xizmat ishga tushirilganidan 9 oy o‘tib, undan 10 ming kishi foydalanayotgan edi. Ofis ijaraga olingan kichik xonadonda joylashgan bo‘lib, u yerda Zilberman va bir nechta dasturchi ishlagan. Kompaniya 2011-yil yozida maxsus ofis binosiga ko‘chib o‘tgan.
16-avgust (2011-yil) kuni «Time» jurnali xizmatni «50 ta eng yaxshi veb-sayt (2011-yil)» ro‘yxatiga kiritdi. Shundan so‘ng sayt foydalanuvchilari soni geometrik progressiya bo‘yicha o‘sa boshladi. 2011-yil yakunlariga ko‘ra, sayt Hitwise Social Networking Forums.
reytingida eng yaxshi o‘ntalikka kirdi. 2012-yil may oyida kompaniya navbatdagi investitsiya bosqichida $100 million sarmoya jalb qildi. Mablag‘ Yaponiyaning Rakuten internet-kompaniyasi va uchta venchur jamg‘armasidan olingan. O‘sha paytda Pinterest kompaniyasining umumiy qiymati $1,5 milliardga baholangan.
2012-yil avgust oyida Pinterest barcha xohlovchilar uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratdi. Foydalanuvchilar Pinterest saytida Facebook yoki Twitter hisob qaydnomasi, shuningdek, elektron pochta manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ldi.
2018-yil fevral oyida Pinterest 3 ta yangi funksiyani joriy qildi: doskalarni arxivlash, bo‘limlar yaratish hamda doskalarni alifbo tartibida, yaratilgan sana yoki yangi pinlar saqlangan sana bo‘yicha saralash.
Bloklanishi
Pinterest 2016-yilda Qozog‘istonda bloklangan, biroq 2017-yil avgust holatiga kelib yana foydalanish mumkin bo‘lgan. 2026-yil avgust holatiga ko‘ra, saytga kirish mumkin.
Havolalar
- pinterest.com — Pinterest rasmiy sayti