| Android 15 | |
|---|---|
| Android 15 bosh ekrani | |
| Ishlab chiquvchi | Google va Open Handset Alliance |
| Operatsion tizimlar oilasi | Android |
| Asoslangan versiyasi | Android 14 |
| Manba kodi | Ochiq |
| Birinchi chiqarilish | |
| Eng so‘nggi versiya | 15.0.0 (3-sentabr 2024-yil) |
| Yakuniy versiyalarning yangilanish davriyligi | Har oy |
| Yangilash usuli | OTA (Over-The-Air — simsiz aloqa orqali) |
| Qo‘llab-quvvatlanadigan tillar | Ko‘p tilli |
| Qo‘llab-quvvatlanadigan platformalar | 64 bitli: ARM, x86-64 |
| Yadro turi | Linux yadrosi |
| Interfeys | Material You |
| Holati | Amaldagi |
| Veb-sayt | developer.android.com/ab… |
Android 15 — mobil operatsion tizim bo‘lgan Androidning o‘n beshinchi versiyasidir. Operatsion tizimni Google kompaniyasi ishlab chiqqan. Yangi Android versiyasi 14-may 2024-yilda bo‘lib o‘tgan Google I/O konferensiyasida taqdim etildi. Android 15 3-sentabr kuni (2024-yil) chiqarildi. Google Pixel qurilmalari uchun tizim 15-oktabr kuni (2024-yil) taqdim etildi.
Chiqarilish jadvali

16-fevral 2024-yili Google Android 15’ning birinchi sinov versiyasini quyidagi qurilmalar uchun taqdim etdi: Pixel 6, Pixel 6 Pro, Pixel 6a, Pixel 7, Pixel 7 Pro, Pixel 7a, Pixel Tablet, Pixel Fold, Pixel 8 va Pixel 8 Pro.
21-mart 2024-yili Google Android 15’ning ikkinchi sinov versiyasini taqdim etdi.
Android 15 beta versiyasi 2024-yil may oyida foydalanish uchun taqdim etildi.
Android 15’ning yakuniy versiyasi 3-sentabr kuni (2024-yil) chiqarildi.
Umumiy ma’lumotlar va yangiliklar
Android 15’ga Vanilla Ice Cream («Vanilli muzqaymoq») degan ichki «shirinlik» nomi berilgan. Android’ning yangi versiyasi I/O 2024 tadbirida, may oyida taqdim etilgan.
3-beta versiya chiqarilgach, tizim Platform Stability («platforma barqarorligi») maqomini oldi. Bu shuni anglatadiki, ishlab chiquvchilar uchun API va ilovalarning platformadagi ishlash tartibi endi o‘zgarmaydi. Android 15 uchun mo‘ljallangan dasturlarni hozirdanoq chiqarish mumkin bo‘lgan do‘kon — Google Play.
- Yangi «Akkumulyator holati» bo‘limi — akkumulyatorning butun foydalanish davri mobaynida qancha eskirganini foizlarda ko‘rsatadi;
- Takomillashtirilgan ko‘p vazifali rejim — bitta ekranda ikkita ilovani ishga tushirish imkonini beradi;
- «Maxfiy makon» (Private Space) funksiyasi — maxfiy profil yaratish, ilovalarning nusxalarini yuklab olish, shuningdek, fotosuratlar, videolar va boshqa fayllarni asosiy hisob qaydnomasidan alohida saqlash imkonini beradi;
- Standart ovozli yordamchini o‘zgartirish imkoniyati;
- Bloklash ekranidagi vidjetlar — ular ekran o‘chiq bo‘lganda ham ko‘rinib turadigan rejim: AOD.
- Ilovalarni arxivlash funksiyasi. Bu amalda avvalroq iOS 11 tizimida paydo bo‘lgan «Foydalanilmaydigan ilovalarni bo‘shatish» funksiyasiga o‘xshaydi: uzoq vaqtdan beri ishlatilmagan ilovalar qurilmadan o‘chiriladi, biroq ularning ma’lumotlari va hujjatlari saqlanib qoladi. Ilova qayta yuklab olinganida, avvalgi holati tiklanadi. Google kompaniyasi ilovalarni arxivlash imkoniyatini 2022-yil boshidayoq taqdim etgan, ammo shu paytgacha bu operatsion tizimning emas, balki Google Play do‘konining funksiyasi edi. Android 14 QPR3’ning ikkinchi beta versiyasida u operatsion tizimga kiritilgan, biroq hali faollashtirilmagan.
- Media ma’lumotlari va sun’iy intellekt bilan ishlashning yangi imkoniyatlari, shuningdek, noodatiy shakl va tuzilishga ega qurilmalardan foydalanish imkoniyatlari.
- Noma’lum manbalardan o‘rnatiladigan ilovalarga ayrim cheklovlar joriy etildi. Bildirishnomalar, qo‘ng‘iroqlar, SMS xabarlar, ilovalardan foydalanish haqidagi ma’lumotlar, boshqa oynalar ustida aks ettirish hamda «qurilma administratori» funksiyasiga kirish ruxsatlarini berish murakkablashtirildi. Bu o‘zgarish Google Play va ayrim boshqa ilova do‘konlaridan o‘rnatilgan ilovalarga taalluqli emas.
- «Sozlamalar» → «Tizim» menyusiga yangi «Tizim diagnostikasi» bo‘limi qo‘shildi. Unda displey va sensorli qatlamni sinovdan o‘tkazish, akkumulyator hamda xotira qurilmasidan foydalanish statistikasini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, boshqa qurilmani ham diagnostikadan o‘tkazish mumkin.