| Paskal | |
|---|---|
| Па, Pa | |
| Kattalik | bosim, mexanik kuchlanish |
| Tizim | SI |
| Turi | hosila birlik |
| Sharafiga nomlangan | Blez Paskal |
Paskal (ruscha belgilanishi: Па, xalqaro belgilanishi: Pa) — o‘lchov birligi bo‘lib, u bosimni (mexanik kuchlanishni) o‘lchashda Xalqaro birliklar tizimida (SI) qo‘llanadi.
Bir paskal — bosim bo‘lib, u kuchning bir nyutonga teng qiymati perpendikulyar yo‘nalishda sirtning yuzasi bir kvadrat metr bo‘lgan qismiga bir tekis ta’sir etganda yuzaga keladi: 1 Па = 1 Н/м2.
Paskalning SI asosiy birliklari orqali ifodalanishi quyidagicha: 1 Па = 1 кг·м−1·с−2 (ya’ni 1 кг/(м·с2) ).
SI tizimida paskal, shuningdek, quyidagi kattaliklarning o‘lchov birligidir: mexanik kuchlanish, elastiklik modullari, Yung moduli, hajmiy elastiklik moduli, oquvchanlik chegarasi, mutanosiblik chegarasi, uzilishga qarshilik, kesilishga qarshilik, tovush bosimi, osmotik bosim, uchuvchanlik (fugitivlik).
Olimlar nomi bilan atalgan hosila birliklarga oid SI qoidalariga ko‘ra, paskal birligining nomi kichik harf bilan, uning belgisi esa bosh harf bilan yoziladi. Bunday yozilish paskal ishtirokida hosil qilingan boshqa hosila birliklarning belgilarida ham saqlanadi. Masalan, dinamik qovushoqlik birligining belgisi Па·с.
Bu o‘lchov birligi fransuz fizigi va matematigi Blez Paskal sharafiga nomlangan. Mazkur nom ilk bor Fransiyada birliklar haqidagi farmon bilan 1961-yilda.
Boshqa bosim o‘lchov birliklari bilan taqqoslash
| Paskal (Pa, Па) |
Bar (bar, бар) |
Texnik atmosfera (at, ат) |
Fizik atmosfera (atm, атм) |
Simob ustunining millimetri (mm sim. ust., mm Hg, Torr, torr) |
Suv ustunining millimetri (mm suv ust., mm H2O) |
Kvadrat dyuymga funt-kuch (psi) | |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 Па | 1 | 10−5 | 1,01972⋅10−5 | 9,8692⋅10−6 | 7,5006⋅10−3 | 0,101972 | 1,4504⋅10−4 |
| 1 бар | 105 | 1 | 1,01972 | 0,98692 | 750,06 | 10197,2 | 14,504 |
| 1 ат | 98066,5 | 0,980665 | 1 | 0,96784 | 735,56 | 104 | 14,223 |
| 1 атм | 101325 | 1,01325 | 1,03323 | 1 | 760 | 10332,3 | 14,696 |
| 1 мм рт. ст. | 133,322 | 1,3332⋅10−3 | 1,3595⋅10−3 | 1,3158⋅10−3 | 1 | 13,595 | 0,019337 |
| 1 мм вод. ст. | 9,80665 | 9,80665⋅10−5 | 10-4 | 9,6784⋅10-5 | 0,073556 | 1 | 1,4223⋅10-3 |
| 1 psi | 6894,76 | 0,068948 | 0,070307 | 0,068046 | 51,715 | 703,07 | 1 |
Amaliyotda taxminiy qiymatlar ishlatiladi: 2 атм = 0,2 МПа va 2 МПа = 20 атм. 2 mm suv ustuni taxminan 20 Па ga, 2 mm simob ustuni esa taxminan 267 Па ga teng.
Texnik atmosfera (at, ат) qiymati fizik atmosfera (atm, атм) qiymatiga teng emas.
Me’yoriy atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga yoki 101 325 Па (101 кПа) ga teng deb qabul qilinadi.
Bosim birligining o‘lchamligi (Н/м²) energiya zichligi birligining o‘lchamligiga (Дж/м³) mos kelsa-da, fizik nuqtayi nazardan ular ekvivalent emas, chunki turli fizik xossalarni ifodalaydi. Shuning uchun energiya zichligini paskallarda o‘lchash yoki bosimni Дж/м³ ko‘rinishida yozish noto‘g‘ri.
Havolalar
- Bosim o‘lchov birliklarini bir-biriga aylantirish Arxivlangan nusxa 15-mart 2016-yilda Wayback Machine
- Bosim o‘lchov birliklarini o‘zaro aylantirish jadvali. Arxivlangan nusxa 11-mart 2016-yilda Wayback Machine