O‘ta o‘tkazgich — shunday materialki, uning elektr qarshiligi harorat ma’lum bir Tc qiymatigacha pasayganda nolga teng bo‘ladi (o‘ta o‘tkazuvchanlik). Bunday holatda material «o‘ta o‘tkazuvchanlik xossalarini» namoyon qiladi yoki «o‘ta o‘tkazuvchan holatga» o‘tadi, deyiladi.
Hozirgi vaqtda o‘ta o‘tkazuvchanlikning kritik haroratini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Uning asosiy ko‘rsatkichi — Tc (yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchanlik).
Tarixi
Aynan 1911-yilda niderlandiyalik fizik Kamerling-Onnes shuni aniqladiki, simob suyuq geliyda sovitilganda uning qarshiligi dastlab asta-sekin o‘zgaradi, so‘ng harorat 4,1 K bo‘lganda keskin nolga tushadi.
Eng kichik o‘ta o‘tkazgich 2010-yilda organik o‘ta o‘tkazgich (BETS)2GaCl4 asosida yaratildi. Bu yerda «BETS» qisqartmasi bisetilenditiotetraselenafulvalen nomini bildiradi. Yaratilgan o‘ta o‘tkazgich ushbu moddaning atigi to‘rt juft molekulasidan iborat bo‘lib, namunaning umumiy uzunligi taxminan 3,76 nm.
O‘ta o‘tkazgichlarning xossalari
Xossalariga ko‘ra o‘ta o‘tkazgichlar uch guruhga bo‘linadi:
O‘ta o‘tkazuvchan holatga fazaviy o‘tish
Moddaning o‘ta o‘tkazuvchan holatga o‘tishi uning issiqlik xossalari o‘zgarishi bilan birga kechadi. Biroq bu o‘zgarish ko‘rib chiqilayotgan o‘ta o‘tkazgichning turiga bog‘liq. Masalan, magnit maydoni bo‘lmagan sharoitda Ι tur o‘ta o‘tkazgichning o‘ta o‘tkazuvchan holatdan oddiy holatga o‘tishidagi issiqlik almashinuvi (yutilishi yoki ajralishi) nolga teng bo‘ladi. Shuning uchun issiqlik sig‘imi keskin o‘zgaradi. Bu fazaviy o‘tish ΙΙ turiga xosdir.
Meysner effekti
O‘ta o‘tkazgichning elektr qarshiligi nolga teng bo‘lishidan ham muhimroq xossasi — Meysner effekti bo‘lib, u o‘ta o‘tkazgichning magnit oqimini o‘zidan siqib chiqarishidan iborat. Bu hodisaning tajribada kuzatilishi o‘ta o‘tkazgich yuzasi yaqinida so‘nmaydigan toklar mavjudligini ko‘rsatadi. Ushbu toklar tashqi qo‘yilgan magnit maydoniga qarama-qarshi yo‘nalgan va uni kompensatsiyalaydigan ichki magnit maydonni hosil qiladi.
O‘ta o‘tkazgichlar jadvali
Quyidagi jadvalda ayrim o‘ta o‘tkazgichlarning ikki muhim ko‘rsatkichi keltirilgan: kritik harorat (Tc) hamda chegaraviy magnit maydon (Bc).
| Material nomi | Kritik harorat , K |
Kritik maydon , Tl |
O‘ta o‘tkazuvchanlik aniqlangani haqida e’lon qilingan yil |
|---|---|---|---|
| I tur o‘ta o‘tkazgichlar | |||
| Pb (qo‘rg‘oshin) | 7,26 | 0,08 | 1913 |
| Sn (qalay) | 3,69 | 0,031 | 1913 |
| Ta (tantal) | 4,38 | 0,083 | 1928 |
| Al (alyuminiy) | 1,18 | 0,01 | 1933 |
| Zn (rux) | 0,88 | 0,0053 | |
| W (volfram) | 0,01 | 0,0001 | |
| 1.5-tur o‘ta o‘tkazgichlar | |||
| Nazariy model asosida izlanishlar olib borilmoqda | |||
| II tur o‘ta o‘tkazgichlar | |||
| Nb (niobiy) | 9,20 | 0,4 | 1930 |
| V3Ga | 14,5 | >35 | |
| Nb3Sn | 18,0 | >25 | |
| (Nb3Al)4Ge | 20,0 | ||
| Nb3Ge | 23 | ||
| GeTe | 0,17 | 0,013 | |
| SrTiO3 | 0,2—0,4 | >60 | |
| MgB2 (magniy diboridi) | 39 | ? | 2001 |
| H2S (vodorod sulfidi) | 203 | 72 | 2015 |
Qo‘llanilishi
- Kvant kompyuterida o‘ta o‘tkazgichlarga asoslangan kubitlardan foydalaniladi.
- O‘ta o‘tkazgichlardan kuchli magnit maydoni hosil qilishda ham foydalaniladi. Masalan, ITER (International Thermonuclear Experimental Reactor; Xalqaro eksperimental termoyadro reaktori) qurilmasida o‘ta o‘tkazgichlar hosil qiladigan magnit maydon yuqori haroratli plazmani reaktor devorlariga tegishiga yo‘l qo‘ymasdan ushlab turadi.
- O‘ta o‘tkazgichlar YMR-tomograflarda ham qo‘llaniladi (YMR — yadro magnit rezonansi).
- O‘ta o‘tkazgichlar o‘ta o‘tkazuvchanlik asosida ishlaydigan KGT-20 va KGT-1000 o‘ta kuchli turbogeneratorlarida va o‘ta o‘tkazuvchan elektr mashinalarini ishlab chiqishda ham qo‘llaniladi. [ingliz tilida]
- O‘ta o‘tkazgichlar o‘ta o‘tkazuvchan magnitlarning solenoidlarida qo‘llaniladi.
- O‘ta o‘tkazgichlardan tayyorlanadigan mahsulotlardan biri — o‘ta o‘tkazuvchan simlar.
Adabiyotlar
- Hirsch J.E., Maple M.B., Marsiglio F. O‘ta o‘tkazuvchan materiallar sinflari: kirish va umumiy sharh // Physica C: Superconductivity and its Applications. — 2015. — jild: 514. — betlar: 1-8. — ISSN 09214534. — doi:10.1016/j.physc.2015.03.002.
- Hamlin J.J. Yuqori bosimlarda metall elementlarning o‘ta o‘tkazuvchanligi // Physica C: Superconductivity and its Applications. — 2015. — jild: 514. — betlar: 59-76. — ISSN 09214534. — doi:10.1016/j.physc.2015.02.032.
- White B.D., Thompson J.D., Maple M.B. Og‘ir fermionli birikmalardagi noodatiy o‘ta o‘tkazuvchanlik // Physica C: Superconductivity and its Applications. — 2015. — jild: 514. — betlar: 246-278. — ISSN 09214534. — doi:10.1016/j.physc.2015.02.044.
- Kubozono Yoshihiro, Goto Hidenori, Jabuchi Taihei, Yokoya Takayoshi, Kambe Takashi, Sakai Yusuke, Izumi Masanari, Zheng Lu, Hamao Shino, Nguyen Huyen L.T., Sakata Masafumi, Kagayama Tomoko, Shimizu Katsuya. Aromatik uglevodorodlardagi o‘ta o‘tkazuvchanlik // Physica C: Superconductivity and its Applications. — 2015. — jild: 514. — betlar: 199-205. — ISSN 09214534. — doi:10.1016/j.physc.2015.02.015.
- Griveau Jean-Christophe, Colineau Éric. Transuran elementlar va birikmalardagi o‘ta o‘tkazuvchanlik // Comptes Rendus Physique. — 2014. — jild: 15. — betlar: 599-615. — ISSN 16310705. — doi:10.1016/j.crhy.2014.07.001.
- Chernoplekov N. A. Zamonaviy texnikada o‘ta o‘tkazuvchan materiallar // «Priroda», 1979.— № 4.
- Antonov Yu. F. , Danilevich Ya. B. KTG-20 krioturbogeneratori : yaratilish tajribasi va o‘ta o‘tkazuvchan elektr mashinasozligi muammolari. — M.: Fizmatlit, 2013. — 600 bet. — ISBN ISBN 978-5-9221-1521-6.
- Glebov I. A. O‘ta o‘tkazuvchanlikdan foydalanuvchi turbogeneratorlar. — L.: Nauka : Leningrad bo‘limi, 1981. — 231 bet.
- Uilson M. O‘ta o‘tkazuvchan magnitlar. — M.: Energiya, 1985. — 405 bet.
- Gurevich A. Vl. Kompozitsion o‘ta o‘tkazgichlar fizikasi. — M.: Nauka, 1987. — 240 bet.
- Pan V. M. O‘ta o‘tkazgichlar metallofizikasi. — Kiyev: Naukova dumka, 1984. — 189 bet.