Oq xaker yoki etik xaker, shuningdek, internet jargonida oq shlyapa (inglizcha white hat) — kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, kompyuter tizimlarining xavfsizligini tekshirish bilan shug‘ullanadi. Qora shlyapali xakerlardan (qora xakerlardan) farqli o‘laroq, oq xakerlar zaifliklarni ishlab chiquvchilarga o‘z mahsulotlarini xavfsizroq qilishda yordam berish maqsadida ixtiyoriy ravishda yoki haq evaziga izlaydi.
Oq xakerlar va qonunchilik
Rossiya Federatsiyasi jinoyat qonunchiligida xakerlarning ayrim xatti-harakatlari uchun bir necha turdagi javobgarlik belgilangan:
- Kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda kirish (272-modda, RF Jinoyat kodeksi);
- EHM (elektron hisoblash mashinalari) uchun zararli dasturlarni yaratish, ulardan foydalanish va ularni tarqatish (RF Jinoyat kodeksining 273-moddasi);
- EHM, EHM tizimi yoki ularning tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish (RF Jinoyat kodeksining 274-moddasi).
Shu bilan birga, oq xakerlarning faoliyati hozircha qonun bilan tartibga solinmagan. Rossiyada bir necha yildan beri «oq» xakerlar faoliyatini qonuniylashtirishga oid qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu tashabbus zaifliklarni aniqlash bilan bog‘liq barcha turdagi tadqiqot faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur tartib kompaniyalar o‘z axborot tizimlarini sinash uchun jalb etadigan mutaxassislarga ham tatbiq etiladi.
Tarix
Etik xakerlikning dastlabki misollaridan biri sifatida Multics operatsion tizimining AQSH Harbiy-havo kuchlari tomonidan o‘tkazilgan «xavfsizlik tekshiruvi»ni keltirish mumkin. Ularning baholashi «Multics xavfsizligi o‘sha davrdagi boshqa tizimlarga qaraganda ancha yuqori bo‘lganini» ko‘rsatdi. Ular axborot to‘plashga qaratilgan sinovlarni hamda operatsion tizim xavfsizligiga bevosita hujumlarni, jumladan, tizimni ishdan chiqarishga qaratilgan sinovlarni amalga oshirdilar. AQSH qurolli kuchlarida etik xakerlikning boshqa holatlari ham ma’lum, ammo ular haqida rasmiy hisobotlar e’lon qilinmagan.
Xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida «etik xakerlik» usullaridan internetda va mahalliy tarmoqlarda foydalanish g‘oyasini Den Farmer va Vitse Venema taklif qilgan. Ular ma’lumotlarni qo‘lga kiritish va mo‘ljaldagi tizimni nazorat qilish maqsadida ko‘plab tizimlarni qo‘lda tahlil qilgan. Shundan so‘ng buzib kirishda foydalangan barcha vositalarini bitta dasturga jamlagan. Dastur SATAN yoki «Tarmoqlarni tahlil qilish uchun xavfsizlik ma’muri vositasi» (inglizcha Security Administrator Tool for Analyzing Networks).
Eng mashhur oq xakerlar
- Erik Korli[ingl.]
- Pshemislav Frasunek[ingl.]
- Rafael Grey[ingl.]
- Barnabi Jek[ingl.]
- Mitnik, Kevin (Kevin Mitnick)
- Aga S (Agha S)
- Morris, Robert Tappan (Robert Tappan Morris)
- Poulsen, Kevin (Kevin Poulsen)[manba 3271 kundan beri ko‘rsatilmagan]
Havolalar
- Oq xaker ta’rifi Arxiv nusxasi — 28-noyabr 2015-yilda Wayback Machine saytida
- Oq xaker kim? Arxiv nusxasi — 2-may 2019-yilda Wayback Machine saytida