Oksford haqida

Shahar
Oksford
ingl. Oxford
51°45′07″ sh. k. 1°15′28″ g‘. u.HGYaO
Mamlakat  Buyuk Britaniya
Mintaqa Janubi-sharqiy Angliya
Graflik Oksfordshir
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan X asr
Maydoni 45,59 km²
Vaqt mintaqasi UTC±0:00, yozda UTC+1:00
Aholisi
Aholisi 159 574 kishi (2015)
Aglomeratsiya  171 390 kishi
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +44 1865
Pochta indeksi OX1, OX2, OX3, OX4, OX33, OX44 va OX pochta indeksi hududi

oxford.gov.uk  (ingl.)
Оксфорд на карте
Оксфорд
Oksford
Оксфорд на карте
Оксфорд
Oksford
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar

Oksford (ingl. Oxford — «ho‘kiz kechuvi», «buqa kechuvi», talaffuzi [ˈɒksfəd]) — shahar, u Buyuk Britaniyada, aniqrog‘i Oksfordshir grafligida joylashgan va uning ma’muriy markazidir. Oksford ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlardagi eng qadimgi hamda Yevropadagi eng qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri — Oksford universiteti bilan mashhur. Oksford universiteti o‘ziga xos tarixiy ta’lim muassasasidir. Uning tashkil topgan aniq sanasi noma’lum, biroq Oksfordda ta’lim berish 1096-yildayoq qandaydir shaklda mavjud bo‘lgan. 1167-yilda Genrix II ingliz talabalarining Parij universitetiga kirishini taqiqlagach, bu yerda ta’lim jadal rivojlana boshladi. Buyuk Britaniyadagi oliy ta’lim muassasalari reytinglarini tuzuvchi yetakchi manbalar (The Complete University Guide hamda The Times va The Guardian gazetalari) ushbu universitetni mamlakatdagi eng yaxshi oliygoh deb hisoblaydi. Bundan tashqari, universitet dunyoga qariyb 50 nafar Nobel mukofoti laureatini.

Oksford Temza daryosi bo‘yida, unga Cheruell daryosi quyiladigan joyda joylashgan. Temzaning shahar hududidan oqib o‘tuvchi 10 millik qismi Ayzis deb ataladi. 2015-yilda aholi soni 159 574 kishini tashkil etgan, shundan qariyb 30 000 nafari universitet talabalari bo‘lgan.

Tarix

Oksford haqidagi ilk yozma ma’lumot «Anglosaks xronikalari»da 912-yilda qayd etilgan. O‘sha davrda bu yerda Avliyo Fridesvida monastiri joylashgan edi. 979 va 1009-yillarda Oksfordga danlar hujum qilgan. 13-noyabr 1002-yilda Oksfordda Angliya qiroli Etelred II Nodonning buyrug‘i bilan inglizlar danlar qirg‘inini uyushtirgan. 1117-yilda Buyuk Britaniyada birinchi bo‘lib Oksford universiteti ruhoniylarga yanada mukammal ta’lim berish maqsadida tashkil etilgan. Faqat Genrix II davriga kelib Oksford haqiqiy universitet shahriga aylangan. 1348-yil noyabrda Qora o‘lat Oksfordga yetib kelgan. 1355-yilda shaharda Avliyo Sxolastika kuni tartibsizliklari yuz berib, 63 nafar talaba halok bo‘lgan. Shu sababli shahar keyingi 470 yil davomida universitetga ramziy jarima to‘lagan. Angliyadagi fuqarolar urushi davrida parlament tarafdorlari va qirol tarafdorlari o‘rtasidagi kurashda shahar parlament tarafdorlari tomonidan hujum bilan egallangan.

Transport va sanoat

Oksford Londondan 90 km shimoli-g‘arbda va Birmingemdan 110 km janubi-sharqda joylashgan. London va Birmingemni bog‘lovchi M40 avtomagistrali Oksforddan 10 km naridan o‘tadi. A34, A40 va A420 avtomobil yo‘llari ham Oksfordni Angliya va Uelsning yirik shaharlari bilan bog‘laydi.

Oksford stansiyasi temiryo‘l orqali London (vokzallari — Paddington va Merilebon), Bornmut, Vuster, Birmingem va Koventri bilan bog‘langan.

1967-yilda Varsity Line temiryo‘l liniyasida qatnov to‘xtatilgan. Bu liniya Oksfordni Buyuk Britaniyaning boshqa qadimiy universitet shahri — Kembrij bilan bog‘lagan. Hozir uning faqat Oksforddan Bister (ingl. Bicester) shahrigacha bo‘lgan qisqa tarmog‘i ishlaydi. 2006-yilda Kembrij bilan temiryo‘l aloqasini tiklash ishlari boshlangan.

Oksfordning Kauli[ingl.] shaharchasi turli davrlarda har xil markadagi avtomobillarni ishlab chiqargan zavodi bilan mashhur. Birinchi avtomobilni o‘z garajida Uilyam Morris (ingl. William Morris, 1st Viscount Nuffield) yig‘gan. U dastlab velosiped ta’mirlash ustaxonasida faoliyat boshlagan. O‘sha o‘n yillikda u asos solgan Morris Motor kompaniyasi Buyuk Britaniyada birinchi bo‘lib avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. XX asrning 80-yillarida kompaniya inqirozga uchragan, ammo XXI asr boshida uning ishlab chiqarish quvvatlarida BMW Mini.

Oksfordning diqqatga sazovor joylari

Radklif rotondasi — Bodli kutubxonasi binolaridan biri.

Oksford markazidagi Karfaks minorasi va Avliyo Mariya cherkovining qo‘ng‘iroq minorasidan shaharning go‘zal manzarasi ochiladi.

Krayst-cherch 1546-yilda Genrix VIII buyrug‘i bilan qurilgan. Bu Oksforddagi eng katta kollejdir. Kollejga asos solinganidan buyon uning «Qari Tom» («Old Tom») qo‘ng‘irog‘i har oqshom 101 marta — asoschi rohiblar soniga teng miqdorda chalingan. Ilgari bu darvozalar yopilayotganini bildirgan va rohiblarni kollej hududiga qaytishga chorlagan. Kollej ibodatxonasi — Najotkor Masih sobori bo‘lib, XX asrgacha Buyuk Britaniyadagi eng kichik kafedral sobor hisoblangan.

Magdalen kolleji (ingl. Magdalen College, Oxford) 1458-yilda Vinchester kolleji o‘qituvchilaridan biri tomonidan tashkil etilgan. An’anaga ko‘ra, har yili 1-may kuni ertalab soat 6 da kollejning gotika uslubidagi minorasi tepasida xor XVII asrga oid yevxaristik madhiyani kuylaydi. Uni tinglash uchun yaqin atrofdagi ko‘chaga ko‘plab shahar aholisi va sayyohlar yig‘iladi.

Universitet kollejidan shoir Shelli xudosizlikda ayblanib o‘qishdan chetlashtirilgan; hozir shu yerda unga yodgorlik o‘rnatilgan. Kollejga 1249-yilda asos solingan. Kollejning XVII asrda qurilgan binolari Uyg‘onish davri yoki kechki gotika uslubidadir. Bodli kutubxonasiga 1598-yilda asos solingan. Bu Oksforddagi eng katta kutubxona bo‘lib, unda 6 million kitob mavjud. Eshmol muzeyi 1683-yilda tashkil etilgan. U Angliyada tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan ilk muzeydir. Bu yerda Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo, Rembrandt va Konstebl asarlarini ko‘rish mumkin. Cast Gallery galereyasida 250 ta yunon haykali namoyish etiladi. Botanika bog‘i 1621-yilda tashkil etilgan. Bu yerda dorivor o‘simliklar hamda ilmiy ahamiyatga ega o‘simliklar o‘rganilgan. Atirgul bog‘i penitsillinni kashf etganlar va tadqiq qilganlarga bag‘ishlangan.

Yopiq bozor («Covered Market») ham tomosha qilishga arziydigan diqqatga sazovor joylardan biridir. Dastlab u shahar markazida ochiq havoda joylashgan edi. Sanitariya nuqtayi nazaridan eng xavfli joy hisoblangan bozorni yo‘q qilish rejalashtirilgan. Ammo oxir-oqibat hokimiyat uni binoga ko‘chirish ma’qulroq, degan qarorga kelgan va bu 1774-yilda amalga oshirilgan. Hozir bu yerdan oziq-ovqat, turli mahsulotlar va esdalik sovg‘alarini xarid qilish, kafeda o‘tirish mumkin.

Oksfordning boshqa mashhur muzeylari orasida quyidagilar bor: Oksford tarixi muzeyi, Beyt musiqa asboblari to‘plami (ingl. Bate Collection of Musical Instruments), Oksford universiteti muzeyi.

Shaharda pravoslav Avliyo Nikolay cherkovi faoliyat ko‘rsatadi.

Oksfordda butun dunyoga mashhur pablarni uchratish mumkin. Ular orasida 1650-yilda ochilgan The Eagle and Child pabi alohida o‘rin tutadi: unda «Inklinglar» (ingl. Inklings) adabiy to‘garagining uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan. Uning a’zolari orasida J. R. R. Tolkien va K. S. Lyuis ham bor edi. Bundan tashqari, Lamb and Flag (ingl. Lamb & Flag (Oxford)), Turf Tavern (ingl. Turf Tavern) pablari ham alohida e’tiborga loyiq. Turf Tavern Oksfordda o‘qib yurgan paytida Bill Klinton dam oladigan joylardan biri bo‘lgani bilan ham mashhur.

Qardosh shaharlar

Havolalar