Normal (ekvivalent) konsentratsiya formulasi

Normal (ekvivalent) konsentratsiya formulasi

Har qanday eritmaning 1 litri (1000 millilitr) da erigan moddaning gramm-ekvivalent soni (ekvivalent miqdori) ni bildiruvchi qiymatga normal konsentratsiya deyiladi. Normal konsentratsiyani hisoblash formulalari:

V=1000 ml ekanligini e'tiborga olsak:

Ushbu konsentratsiyani hisoblash uchun "Kimyoning asosiy qonunlari" mavzusidagi murakkab moddalarning ekvivalentini hisoblash formulalarini bilish shart.
Agar NaOH ning 0,25 n li eritmasi deyilsa, shu eritmaning har 1 litrida 0,25 g.ekv (yoki 0,25•40 = 10 g) NaOH erigan, degan ma'noni anglash lozim.

Mavzuga doir maqolalar

Masala. 11,2 g KOH 500 ml eritmada eritilgan. Shu eritmaning normal konsentratsiyasini hisoblang. Bu eritmaga 250 ml suv qo'shilsa, eritma konsentratsiyasi qanday bo'ladi?

Berilgan:

  • Мкон =11,2g
  • V = 500ml
  • Vsuv= 250g/mol
  • CH1=? , CH2=?

Yechish: normal konsentratsiya formulasi asosida hisoblash:

Bu formula asosida hisoblashda:

Qiymatlarini o'rniga qo'ysak,

Eritmaga 250 ml suv qo'shilsa, umumiy hajm 500+250=750 ml bo'ladi. Modda massasi 11,2 g ligicha qoladi. Shunga asosan:

Molyar va normal konsentratsiyalarning formulalaridan ko'rinib turibdiki, eritmaning konsentratsiyalari eritma hajmiga teskari proporsionaldir, ya'ni aniq konsentratsiyali eritmaning hajmi avvalgisiga nisbatan necha marta ortsa, eritma konsentratsiyasi shuncha kamayadi.
Aksariyat hollarda molyar va normal konsentratsiyalar foiz konsentratsiya bilan almashtirilishi yoki aksincha masalalarni hal etishga to'g'ri keladi. Shunday hollarda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin.

bo'ladi.
Bundan, C%=Cm•M/p•10
Bu yerda: E- erigan moddaning ekvivalent massasi.