Eritmalarning asosiy miqdoriy tavsifnomasi sifatida ularning konsentratsiyalaridan foydalaniladi. Masalan, osh tuzining 10% li eritmasi, CaCl₂ ning 5% li eritmasi, H₂SO₄ ning 20% li eritmasi, NaOH ning 0,1 normal, KOH ning 1 molyar eritmalari, degan tavsiflar ko'p uchraydi. Bularning hammasida bitta umumiy tushuncha - "eritma konsentratsiyasi" to'g'risida so'z boradi.
Eritmaning biror hajm yoki massa birligida erigan modda miqdorini ko'rsatuvchi kattalik eritmaning konsentratsiyasi deyiladi va C — harfi bilan belgilanadi.
Eritma konsentratsiyasini ifodalashning quyidagi turlari mavjud:
a) erigan moddaning massa ulushi (ω) yoki foiz konsentratsiya (C%);
b) molyar konsentratsiya (Cm , mol/l);
d) normal yoki ekvivalent konsentratsiya (Cn; N, mol-ekv/1);
e) titr (T, g/ml);
f) molyal konsentratsiya (m, mol/1000 g);
g) molyar qism (N, o'lchov birligi yo'q yoki %; ulush birligi yoki %).
Eritmalarga doir masalalarni yechishda qo'llaniladigan asosiy formulalar
Eritmalar zichligini topish p=m/V
Eritma massasi m=p•V,
Eritma hajmi V=m/p,
Erigan modda massasi m=C%•p•V/100,
Eritmalar ekvivalentligi C1V1=C2V2
Dissotsilanish darajasi a=n/N
Foiz konsentratsiya C%=m•100/V•p bundan hajmni topish V=m•100/C%•p
Molyar konsentratsiya Cm=m•1000/M•V
bundan V=m•1000/Cm•M
bundan modda massasi m=Cm•M•V/1000
Normal konsentratsiya Cn=m•1000/Ekv•V
Bir konsentratsiyadan boshqasiga o'tish: foizdan molyarga Cm=C%•p•10/M
molyardan foizga: C%=Cm•M/p•10
foizdan normalga: Cn=C%•p•10/ekv
normaldan foizga: C%=Cn•ekv/p•10
Mavzuga doir maqolalar
Foiz (protsent) konsentratsiya
Har qanday eritmaning 100 grammida erigan moddaning gramm miqdorini ko'rsatuvchi qiymat foiz (protsent) konsentratsiya deyiladi. Foiz konsentratsiya quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Ko'pchilik hollarda bu konsentratsiyani "massa ulushi" holida:

ifodalanadi. Uning ma'nosi eritma umumiy og'irligining qanchasi erigan modda hissasiga to'g'ri kelishini bildiradi.
Ma'lumki, eritmalar suyuq holda bo'lgani uchun uning miqdori hajm birligida (V, ml, sm³, litr) ifodalanadi. Bunday hollarda eritma massasi bilan hajmi o'rtasidagi bog'lanish m=V•p holida yoziladi. Bu erda p eritmaning zichligi, ya'ni 1 ml (sm³) hajmdagi eritmaning og'irligi deyiladi va g/ml, g/sm³, kg/m³ da o'lchanadi. Masalan, 98% li H₂SO₄ eritmasining zichligi 1,84 g/sm³ ga teng deganda shu eritmaning 1 sm³ yoki 1 millilitri 1,84 g massaga ega, deb tushunish kerak.
Yuqoridagilarni e'tiborga olsak, eritmaning foiz konsentratsiyasi (yoki erigan moddaning massa ulushi-ω):

Faraz qilaylik, osh tuzi eritmasining konsentratsiyasi 15% (ω=0,15) li bo'lsin. Buning ma'nosi, osh tuzi eritmasining 100 grammi 15 g NaCl moddasi va 85 g H₂O dan tashkil topgan. Boshqacha aytganda, shu eritmaning 1 og'irlik qismi (g) da 0,15 og'irlik qism (g) NaCl va 0,85 og'irlik qism (g) H₂O bor.
1-masala. 300 g suvda 45 g CaCl2 tuzi erigan. Shu eritmaning foiz konsentratsiyasi va CaCl2 ning massa ulushini hisoblang.
Berilgan:
merituvchi = 300 g, mmodda = 45 g,
C-?, ω=?
Yechish:
a) proporsiya usuli bo'yicha, 300 g suvda 45 g CaCl, eritilib,
345 g eritma hosil qilinganligi sababli:
345 g eritmada → 45 g CaCl2 erigan bo'lsa, 100 g eritmada → x g CaCl2 erigan,
x = (45/345)•100 = 13,07% yoki C=13,07%.
b) formula bo'yicha hisoblansa,

v) massa ulushini hisoblaymiz:

