Eritmalarning molyar, normal konsentratsiyalari va titr hajmiy konsentratsiyalar qatoriga kirib, eritmaning hajm birligida erigan modda miqdorini ifodalaydi.
1 litr (1000 ml) eritmada erigan moddaning "mol" lar miqdorini ko'rsatuvchi qiymat molyar konsentratsiya deyiladi. Uni hisoblash formulasi:

Bu yerda: V eritmaning hajmi, n — V hajmga ega bo'lgan eritmada erigan moddaning miqdori, ya'ni "mol" lar soni. Agar n=m/M va hajmni millilitrda ifodalasak, u holda:

Bu erda: mmodda erigan modda massasi, g; M erigan moddaning molyar massasi, g/mol.
Agar, H₂SO₄ ning 0,5 mol/l konsentratsiyali eritmasi deyilsa, har bir litr eritmada 0,5 mol (yoki 0,5-98-49 g) H₂SO₄ erigan, degan ma'noni tushunish kerak.
Mavzuga doir maqolalar
Masala. 300 ml eritmada 6 g NaOH erigan. Shu eritmaning molyar konsentratsiyasini hisoblang.
Berilgan:
- Veritma = 300ml
- mNaOH = 6g
- MNaOH = 40 g/mol
- См =?
Yechish. a) proporsiya usuli bilan hisoblash.
300 ml eritmada → 6 g NaOH→ 6/40=0,15 mol erigan. Agar 300 ml eritmada → 0,15 mol NaOH bo'lsa, shu eritmaning 1000 ml da Cm bo'ladi. Bundan:

Masala. 0,125 molyar eritma hosil qilish uchun 250 ml eritmada necha gramm CuSO4 • 5H₂O eritish kerak?
Berilgan:
- См = 0,125mol/l
- V = 250ml
- Mmodda = 250g/mol
- mmodda =?
Yechish: a) formula asosida hisoblash:

Demak, 7,81 g mis kuporosi kerak.
