| Norin | |
|---|---|
| qirgʻ. Norin, oʻzb. Norin | |
| Katta Norin va Norin daryolari qoʻshilishidan quyiroqdagi vodiyda Norin daryosi | |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Uzunligi | 807 km |
| Havzasining maydoni | 59 900 km² |
| Daryo oqimi | |
| Boshlanish joyi | quyidagi daryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi: Qashqasu va Maytar |
| • Joylashuvi | Markaziy Tyanshan |
| • Koordinatalari | 41°49′06″ sh. k. 78°02′40″ sh. u.HGYaO |
| Quyilish joyi | Sirdaryo |
| • Koordinatalari | 40°54′07″ sh. k. 71°45′29″ sh. u.HGYaO |
| Geografik joylashuvi | |
| Suv tizimi | Sirdaryo → Kichik Orol dengizi → Katta Orol dengizi |
|
|
|
| Qirgʻiziston | Issiqkoʻl viloyati, Norin viloyati, Jalolobod viloyati |
| Oʻzbekiston | Namangan viloyati |
| Mamlakatlar | |
Norin (Taragʻay; qirgʻ. Norin, oʻzb. Norin) — Markaziy Osiyodagi daryo. U Issiqkoʻl, Norin, Jalolobod viloyatlari (Qirgʻiziston) hamda Namangan viloyati (Oʻzbekiston) hududidan oqib oʻtadi.
Quyidagi daryolar qoʻshilishidan boshlanadi: Qashqasu va Maytar.
Gidrografiyasi

Norin daryosining uzunligi — 807 km, havzasining maydoni 59 900 km². Daryo Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Bu daryolar Markaziy Tyanshan muzliklaridan boshlanadi. Norin togʻlar oraligʻidagi vodiydan, ayrim joylarda tor daralardan oqib oʻtadi. Quyilish joyidagi oʻrtacha suv sarfi — 480 m³/s, eng yuqori suv sarfi 2820 m³/s, muallaq oqiziqlar sarfi esa — 760 kg/s. Daryo muzlik-qor suvlari hisobiga toʻyinadi. Suv toshqini maydan avgustgacha davom etadi. Eng katta oqim iyun — iyul oylariga toʻgʻri keladi. Yuqori oqimida daryo muzlaydi. Suvning minerallashuvi 200—500 mg/l boʻlib, quyilish joyiga yaqinlashgan sari, ayniqsa suv kamayadigan davrda ortadi. Daryoning yuqori oqimida Norin davlat qoʻriqxonasi joylashgan. Uning maydoni 91023,5 ga.
Norin daryosining koʻplab irmoqlari bor. Ulardan eng yiriklari: oʻng tomondan Koʻkoʻmeren, Qorasuv, Uzun-Akmat, Chichqan, Oʻn-Archa, Toʻrken, Qajirti; chap tomondan Ot-Boshi, Olabugʻa, Kek-Iyirim, Qorasuv.
Xoʻjalikdagi ahamiyati
Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Norin daryosidan Katta Fargʻona kanali va Shimoliy Fargʻona kanali boshlanadi. Daryo katta gidroenergetika salohiyatiga ega. Unda Toʻxtagʻul va Qurpsay suv omborlari, Toʻxtagʻul GESi, Toshkoʻmir GESi, Uchqoʻrgʻon GESi, Qurpsay GESi, Shamoldisoy GESi joylashgan, Qambarota GES-2 va Yuqori Norin GESlari kaskadi qurilmoqda. Daryo boʻyida quyidagi shaharlar joylashgan: Norin, Toshkoʻmir, Uchqoʻrgʻon.
Adabiyotlar
- Norin // Morshin — Nikish. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1974. — (Katta sovet ensiklopediyasi : [30 jildda] / bosh muharrir A. M. Proxorov ; 1969—1978, j. 17).