Miya yarimsharlari

Bosh miya yarimsharlari
Головной мозг человека, вид спереди
Odamning bosh miyasi, old tomondan ko‘rinishi
Головной мозг домашней овцы. Вид сзади. Видна продольная щель, разделяющая левое и правое большие полушария головного мозга.
Bosh miya (uy qo‘yiniki). Orqa tomondan ko‘rinishi. Bosh miyaning chap va o‘ng katta yarimsharlarini ajratib turuvchi bo‘ylama yoriq ko‘rinib turibdi.
Qismi Bosh miyaning
Kataloglar
Логотип Викисклада Wikimedia Commons’dagi mediafayllar

Bosh miya umurtqali hayvonlarda egat bilan ajratilgan ikkita katta yarimshardan (lot. Hemisphaerium cerebri): chap va o‘ng yarimshardan iborat. Yarimsharlarning tashqi kulrang modda qatlami — miya po‘stlog‘i bo‘lib, u ichki qatlamni tashkil etuvchi oq moddaga tayanadi. Ikki yarimshar bir-biri bilan komissuralar — nerv tolalarining ko‘ndalang tutamlari orqali bog‘langan. Bu komissuralarning asosiysi qadoqsimon tananing qalin plastinkasidir; u old tomondan orqaga qarab 8 sm ga cho‘zilgan bo‘lib, bir yarimshardan ikkinchisiga o‘tuvchi 200—250 mln nerv tolasidan tashkil topgan. Kichikroq bog‘lanmalar, jumladan, oldingi va orqa komissuralar, shuningdek, miya gumbazi muayyan sohalarda joylashgan funksiyalarni muvofiqlashtirish uchun ikki yarimshar o‘rtasida axborot uzatadi. Har bir yarimsharda oldinga, orqaga va yon tomonga eng ko‘p bo‘rtib chiqqan, qutblar deb ataladigan qismlar ajratiladi: peshona qutbi (polus frontalis), ensa qutbi (polus occipitalis) va chakka qutbi (polus temporalis).

Umuman olganda, yarimsharlar bir-birining ko‘zgudagi aksiga o‘xshaydi, ular o‘rtasida zo‘rg‘a seziladigan farqlar mavjud, o‘ng tomon esa oldinga siljigan. Mikroskopik darajada sitoarxitektonika (цитоархитектура) bosh miya po‘stlog‘idagi hujayralarning funksiyalarini, neyrotransmitterlar va retseptorlarning kichik turlari sonini ko‘rsatadi. Kuzatiladigan farqlar har bir odamda turlicha bo‘ladi.

Yarimsharlar funksiyalarining lateralizatsiyasi

Ommabop psixologiyada miyaning muayyan funksiyalari (masalan, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik) lateralizatsiyalashgan, ya’ni miyaning o‘ng yoki chap qismida joylashgan, degan fikr ko‘p uchraydi. Bunday fikrlar ko‘pincha aniq emas, chunki miya funksiyalarining aksariyati aslida ikkala yarimshar o‘rtasida taqsimlangan.

Miya funksiyalarining asimmetriyasiga oid ilmiy dalillarning aksariyati keng muhokama qilinadigan yuqoriroq darajadagi ijro funksiyalariga emas, balki quyi darajadagi idrok funksiyalariga taalluqlidir (masalan, umuman «mantiqiy fikrlash»ga emas, balki grammatikani ongosti darajasida qayta ishlashga).

Adabiyotlar

  • Godfrua J. Psixologiya nima: 2 jildda. 2-jild: Fransuz tilidan tarjima. — M.: Mir, 1992. — 376 b. — ISBN 5-03-001902-2.