| Oxirgi miya | |
|---|---|
|
Oxirgi miya bo‘laklari | |
| Umurtqali hayvon embrioni miyasining asosiy bo‘limlarini tasvirlovchi diagramma. Oldingi miya besh pufakchali bosqichda oxirgi miya va oraliq miyaga bo‘linadi | |
| Arteriya | oldingi miya arteriyasi[VM], o‘rta miya arteriyasi[VM] va orqa miya arteriyasi (arteria cerebri posterior) |
| Vena | Bosh miya venalari[VM] |
| Kataloglar | |
Oxirgi miya (lot. telencephalon) — eng oldingi bo‘lim bo‘lib, u bosh miya tarkibiga kiradi. U ikkita katta miya yarimshari (po‘stloq bilan qoplangan), qadoqsimon tana, targ‘il tana va hid bilish miyasidan tashkil topgan. U bosh miyaning eng yirik bo‘limidir. Shuningdek, u bosh miyaning barcha bo‘limlarini qoplab turuvchi eng rivojlangan tuzilmadir.
Katta miya (lot. cerebrum) ikkita yarimshardan iborat bo‘lib, ularning har biri po‘stloq, hid bilish miyasi va bazal yadrolardan tashkil topgan. Oxirgi miyaning bo‘shliqlari har bir yarimsharda joylashgan yon qorinchalardir. Katta miya yarimsharlari bir-biridan katta miyaning bo‘ylama yorig‘i bilan ajralgan va qadoqsimon tana, oldingi va orqa bitishmalar hamda gumbaz bitishmasi orqali o‘zaro bog‘langan.
Qadoqsimon tana ko‘ndalang tolalardan tashkil topgan. Bu tolalar lateral yo‘nalishda yarimsharlarga davom etib, qadoqsimon tana nurlanishini hosil qiladi. Ular yarimsharlarning peshona va ensa bo‘laklari qismlarini o‘zaro bog‘lab, yoysimon egiladi va oldingi — peshona hamda orqa — ensa qisqichlarini hosil qiladi. Qadoqsimon tananing orqa va o‘rta qismlariga pastdan miya gumbazi tutashadi. U o‘rta qismida miyaning oldingi bitishmasi orqali birikkan ikkita yoysimon egilgan tutamdan iborat.
Embrional rivojlanish
Birlamchi oldingi miya (oldingi miya pufakchasi) ko‘z pufakchalariga o‘xshash bir juft ichi bo‘sh o‘simta hosil qiladi. O‘simtalar hid bilish sohasi tomon oldinga o‘sadi va ulardan katta miya yarimsharlari shakllanadi. Yarimsharlarning oldingi qismida o‘simtalardan hid bilish piyozchalari hosil bo‘ladi — ana shu tuzilmalar oxirgi miyani tashkil etadi.
| Birlamchi miya pufakchasi | Ikkilamchi miya pufakchalari | Birlamchi prozomerlar | Ikkilamchi prozomerlar | Keyingi prozomerizatsiya (prozomerlarga bo‘linish) |
|---|---|---|---|---|
| Prozensefalon (P) | Telensefalon (T) | T | T1 | |
| Psevdoprozomer T2 | ||||
| Diensefalon (D) | D | D1 | ||
| D2 | Rostral parensefalon | |||
| Kaudal parensefalon | ||||
| Sinensefalon | ||||
Qisqacha tavsif
- yarimsharlarni tashqi tomondan qoplab turuvchi po‘stloq. Po‘stloq — qalinligi 1-5 millimetr bo‘lgan kulrang modda plastinkasi bo‘lib, egatlar va pushtalarni hosil qiluvchi burmalardan iborat. Voyaga yetgan odam katta miyasi po‘stlog‘ining yuzasi taxminan 2200 sm² ni tashkil etadi.
- bazal gangliyalar (po‘stloqosti gangliyalari) — po‘stloq ostida, oq modda ichida joylashgan, yadrolar shaklida tuzilgan kulrang modda to‘plamidir. Bazal yadrolarga dumli yadro, yasmiqsimon yadro (u quyidagi qismlardan iborat: qobiq (putamen) va rangpar shar (globus pallidus)) kiradi; ular birgalikda targ‘il tanani tashkil etadi; funksional jihatdan ular miyaning striopallidar tizimi deb ataladi. Bu tizim mushak tonusi, reflektor harakat javoblari va murakkab avtomatik harakatlarni boshqaruvchi ekstrapiramidal harakat tizimi tarkibiga kiradi. Ushbu bazal yadrolardan tashqari, to‘siq (claustrum) va bodomsimon tana ham farqlanadi.
- Oq modda: po‘stloq ostida joylashgan va nerv tolalari tizimlaridan iborat:
- komissural nerv tolalari (o‘ng va chap yarimsharlar po‘stlog‘ining qismlarini o‘zaro bog‘laydi);
- assotsiativ tolalar (bitta yarimshar po‘stlog‘ining qismlarini o‘zaro bog‘laydi);
- proyeksion tolalar — ko‘tariluvchi (masalan, talamik nurlanishlar) va tushuvchi (masalan, po‘stloq-orqa miya tolalari) bo‘lishi mumkin. Bu tolalar miya po‘stlog‘ini markaziy nerv tizimining quyida joylashgan bo‘limlari, jumladan, orqa miya bilan bog‘laydi.
- yon qorinchalar — oxirgi miyaning bo‘shliqlaridir. Ular shartli ravishda o‘ng va chap qorinchalarga ajratiladi. Har bir qorinchaning tanasi tepa bo‘lagi darajasida, oldingi shoxi peshona bo‘lagida, orqa shoxi — ensa bo‘lagida, pastki shoxi esa — chakka bo‘lagida joylashgan.
Tarkibi


Katta miya po‘stlog‘i (mantiya) — cortex cerebri (pallium). Katta miya yarimsharlari (hemisperium cerebralis) tarkibiga ularni tashqi tomondan qoplab turuvchi kulrang modda kiradi. Katta miyada yana quyidagilar farqlanadi:
- Katta miya pushtasi
- Katta miya bo‘lagi
- Katta miyaning bo‘ylama yorig‘i
- Katta miyaning ko‘ndalang yorig‘i
- Katta miyaning lateral chuqurchasi
- Yuqori (yuqori-medial) chet
- Pastki (pastki-lateral) chet
- Medial (pastki-medial) chet
- Chegara yorig‘i
Katta miya yarimsharlari tarkibida quyidagilar farqlanadi:
- Yarimsharning yuqori-lateral yuzasi — facies superolateralis hemisperii
- Markaziy egat — sulcus centralis
- Lateral egat — sulcus lateralis
- Oldingi shox — ramus anterior
- Ko‘tariluvchi shox — ramus ascedens
- Orqa shox — ramus posterior
- Bo‘laklararo egatlar — sulci interlobares
- Peshona bo‘lagi — lobus frontalis
- Peshona qutbi — polus frontalis
- Markazoldi egat — sulcus precentralis
- Markazoldi pushta — gyrus precentralis
- Yuqori peshona pushtasi — gyrus frontalis superior
- Yuqori peshona egati — sulcus frontalis superior
- O‘rta peshona pushtasi — gyrus frontalis medius
- Pastki peshona egati — sulcus frontalis inferior
- Pastki peshona pushtasi — gyrus frontalis inferior
- Peshona qopqog‘i [qopqoq qismi] — pars opercularis [operculum frontale]
- Ko‘z kosasi qismi
- Uchburchak qism
- Tepa bo‘lagi — lobus parientalis
- Markazorti egat
- Markazorti pushta
- Tepa ichki egati
- Yuqori tepa bo‘lakchasi
- Pastki tepa bo‘lakchasi
- Peshona-tepa qopqog‘i
- Chekkausti pushta
- Burchak pushtasi
- Ensa bo‘lagi
- Ensa qutbi
- Ko‘ndalang ensa egati
- Yarimoysimon egat
- Ensaoldi o‘ymasi
- Chakka bo‘lagi
- Chakka qutbi
- Ko‘ndalang chakka egatlari
- Ko‘ndalang chakka [Geshl] pushtalari
- Yuqori chakka pushtasi
- Chakka qopqog‘i
- Yuqori chakka egati
- O‘rta chakka pushtasi
- Pastki chakka egati
- Pastki chakka pushtasi
- Orolcha bo‘lagi (orolcha)
- Orolcha pushtalari
- Orolchaning kalta pushtalari
- Orolchaning uzun pushtasi
- Orolcha ostonasi
- Orolchaning markaziy egati
- Orolchaning halqasimon egati
- Orolcha pushtalari
- Yarimsharning medial va pastki yuzalari
- Qadoqsimon tana egati
- Belbog‘simon pushta
- Belbog‘simon pushtaning bo‘g‘izi
- Belbog‘simon egat
- Tepaosti egati
- Medial peshona pushtasi
- Paramarkaziy bo‘lakcha
- Ponaoldi (precuneus)
- Tepa-ensa egati
- Pona
- Pixsimon egat (sulcus calcarinus)
- Tishsimon pushta
- Gippokamp egati (gippokampal egat)
- Gippokamp pushtasi (paragippokampal pushta)
- Ilmoq
- Tilsimon pushta
- Kollateral egat
- Burun egati
- Medial ensa-chakka pushtasi
- Ensa-chakka egati
- Lateral ensa-chakka pushtasi
- To‘g‘ri pushta
- Hid bilish egati
- Ko‘z kosasi pushtalari
- Ko‘z kosasi egatlari
- Hid bilish miyasi — oxirgi miyaning bir qismi (rhinencephalon). Uning tarkibiga funksiyasi va kelib chiqishi jihatidan turlicha tuzilmalar kiritilgan. Chunki bu nom ostida uzoq vaqt davomida yanglish ravishda qadimiy, ya’ni neokorteksdan oldin paydo bo‘lgan deb hisoblangan tuzilmalar birlashtiriladi. Hid bilish miyasi tuzilmalarining bir qismi limbik tizim tarkibiga kiradi (belbog‘simon pushta, tishsimon pushta, gippokamp). U 4 ta qismdan iborat:
- Oldingi teshikchali modda
- Qadoqsimon tanaosti tanasi
- Paraterminal pushta
- Qadoqsimon tana
- Valik (splenium)
- Poya
- Tizza
- Tumshuq
- Diagonal tasma [Broka]
- Hid bilish piyozchasi
- Hid bilish trakti
- Hid bilish uchburchagi
- Medial va lateral hid bilish tasmalari
- Medial va lateral hid bilish pushtalari
Funksiyalari
Oxirgi miyada quyidagi markazlar joylashgan:
- harakatlarni boshqarish markazi (po‘stloqosti qavati)
- shartli reflekslar hosil bo‘lishi va oliy nerv faoliyati markazi (po‘stloq):
- nutqni talaffuz qilish (peshona bo‘lagi)
- teri-mushak sezgirligi (tepa bo‘lagi)
- ko‘rish (ensa bo‘lagi)
- hid bilish, ta’m bilish va eshitish sezgilari (chakka bo‘lagi)