Metod (usul) (qad. yunoncha: μέθοδος — “tadqiqot yoki bilish yo‘li”, μετά- + ὁδός — “yo‘l”) — ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li (usuli).
Bilim sohasi yoki tadqiqot yo‘nalishidan farqli o‘laroq, metod odatda mualliflik xarakteriga ega: uni muayyan shaxs yoki shaxslar guruhi, ilmiy yoki amaliy maktab yaratadi. Amal qilish doirasi va natijalari bilan cheklanganligi sababli metodlar eskirishga moyil bo‘ladi; vaqt o‘tishi, texnika va ilm-fan yutuqlari hamda jamiyat ehtiyojlariga muvofiq boshqa metodlarga aylanishi yoki rivojlanib borishi mumkin. Bir xil turdagi metodlar majmui odatda yondashuv deb ataladi. Metodlarning taraqqiyoti — ilmiy tafakkur rivojlanishining tabiiy oqibati.
Metodlarning turlari
- Analitik usul
- Deduktiv usul
- Dialektik usul
- Qiyosiy usul
- Induktiv usul
- Intuitiv usul
- Ilmiy usul
- Umumlashtirilgan usul
- Eksperimental usul
- Umumlashtirish usuli (matematika)
Matematikada
Matematikada metod — masalani yechish yoki maqsadga erishish usuli, algoritmi sinonimidir.
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashda (object-oriented programming, OOP) metod — ma’lum bir klass yoki obyektga tegishli protsedura yoki funksiya.
Dasturiy injiniringda (software engineering) metod — dasturiy ta’minotni yaratishning texnik usuli (qarang: metodologiya).
Informatikada (computer science) metod — ma’lum bir sinfga mansub masalalarni yechishning yagona umumlashtirilgan usuli.
Yechish metodi — agar u ba’zi masalalar uchun noto‘g‘ri natija bersa, xatoli hisoblanadi; metod to‘g‘ri deb, u berilgan sinfdagi barcha masalalar uchun to‘g‘ri natija bergan taqdirda e’tirof etiladi.