Metallmaslar to‘g‘risida ma’lumot

Metallmaslar to‘g‘risida ma’lumot

Davriy jadvaldagi barcha elementlarni shartli ravishda "metallmas" va "metallar"ga bo'linadi. Ularni bir-biridan ajratish uchun davriy jadvaldagi berilliy (Be) elementidan astat (At) ga tomon to'g'ri chiziq (diagonal) oʻtkazilsa, chiziqning yuqorisidagi barcha asosiy gruppacha elementlari metallmaslarni va pastdagi elementlar metallarni tashkil etadi.

Atomlarning elektron tuzilishiga koʻra (s-metallmaslar) metallmaslar qatoriga 2 ta s-element H, va He; qolganlariga p- elementlar (p-metallmaslar) kiradi, ularning oʻziga xos xususiyatlari: gazsimon, suyuq yoki kristall holatda bo'lishi, issiqlikni yomon o'tkazishi, dielektriklik, elektromanfiyligi yuqoriligi, oksidlovchilik xossalarining qaytaruvchilik xossalariga nisbatan ancha yuqori bo'lishidir.

Metallmaslar atomlari oʻzaro va bir-birlari bilan kovalent bog'lanish (H-H, CI-CI, H-F, N-H, H-O; S-Cl), metallar bilan ion bog'lanish (Na-Cl, K-F, Na-S, Ca-O, Al-H va h.k.) lar hosil qiladi. Oksidlari asosan kislotalarni hosil qiladi. Vodorodli birikmalari gazsimon (H2S, NH3, CH4, C2H6, C₂H₂, SiH4) va suyuq (H₂O) holatlarda bo'lib, ko'pchiligining molekulalari oʻzaro vodorod bog'lanish hosil qiladi.
Metallmaslarning davrlarda tartib raqami ortib borishi bilan ularning elektronga moyilligi va elektromanfiyligi, oksidlovchilik xossasi kuchayib boradi. Gruppalarda aksincha tartib raqami ortishi bilan elektronga moyilligi, elektromanfiyligi susayib boradi va qaytaruvchilik xossalari kuchayadi.

Ularga oddiy moddalar holida turli allotropik shakllarda mavjud bo'lish xosdir. Metallmaslar oddiy moddalarni hosil qilib ular nomolekulyar tuzilishli (C, B, Si) va molekulyar tuzilishli (H2, N2, O2, F2, Cl2, Br2, J2, P4, S) bo'ladilar.

Nomolekulyar tuzilishli metallmaslar qattiq, atom kristall panjarali moddalar boʻlib, yuqori suyuqlanish temperaturasiga ega boʻladi. Lekin bundan nodir gazlar mustasno!
Molekulyar tuzilishli metallmaslar gazsimon, suyuq va past temperaturada suyuqlanuvchan (yoki bug'lanuvchan J₂) qattiq moddalardir. Ular asosan molekulyar kristall panjaralar hosil
qiladilar.

Metallmaslarning bunday xususiyatlar namoyon qilishining asosiy sababi ular atomlari yadrolarining tarkibi va elektron tuzilishining oʻziga xosligidir.

Oksidlari "befarq" indifferent (CO, N₂O, NO, SiO) yoki kislota xossali bo'lib, ularda metallmasning oksidlanish darajasi va davrlarda tartib raqami ortishi bilan kislotaning kuchi ortadi.
Masalan: HN+3O2 ga nisbatan HN5+O3 kuchli; H₂S+4 O3 ga nisbatan H₂SO₄ kuchli kislota va H₂SiO3 ga nisbatan H₂SO₄ kuchli, H₂SO₄ ga nisbatan HNO3 kuchli kislotalardir. Gruppalarda bu xususiyat teskari - tartib raqami ortsa, kislotaning kuchi kamayadi: HNO3 ga nisbatan H3PO4 kuchsiz, H₂SO₄ 3 ga nisbatan H2SiO3 kuchsiz va hokazo.

Metallmaslar atomlarining (erkin holatda yoki birikmalarda) tashqi elektron qavatlarida bir yoki bir nechta bog'lanishda ishtirok eta oladigan (taqsimlanmagan) elektron juftlar mavjud bo'ladi.
Shu sababli ular elektronodonorlik (donor-akseptor bog'lanish hosil qilish) xossalariga ega bo'lib, aksariyat kompleks birikmalar tarkibida ligandlar vazifasini bajaradilar va, shuningdek, vodorod bog'lanishlarini hosil qiladilar.