Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari turlari

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari turlari

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari asosan quyidagi turlarga bo'linadi:
Molekulalararo oksidlanish qaytarilish reaksiyalari. Ikki yoki undan ortiq modda molekulalari o'rtasida boruvchi oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari molekulalaro oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Bu reaksiyalarga misollar:
a) yonish jarayonlari. Reaksiya natijasida yorug'lik nuri va issiqlik enyergiyasi chiqishi bilan boradigan barcha oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari yonish jarayonlari deyiladi.

H4 + 2O2° = C+4 O2-2 + 2H2O
C° + O2° = C+2O2-2
Fe° + Cl2° = Fe+2Cl2-
2Mg° + O2° = 2Mg+2O-2

b) metallarning suvda, kislotalarda va ishqorlarda erishi:

2Na° + 2H2+O = 2Na+OH- + H°
Zn° + 2H+Cl- = ZnCl2 + H2°
2Al° + 6H2+O +2KOH = 2KAl+3(OH)4 + 3H2°

v) oddiy moddalarning oksidlarga ta'siri:

2Fe22+O3 + 3C° = 3C+4O2 + 4Fe°
Cu+2O + H2° = Cu° + H2+O

g) metallotermiya reaksiyalari:

Cr2+3O3 + 2Al° = Al2+3O3 + 2Cr°

d) metallarni metallar tuzi eritmasidan siqib chiqarish:

Fe°(qattiq) + Cu+2SO4(erit) = Fe+2SO4(erit) + Cu°(qaltiq)

Ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

Oksidlovchi element atomlari ham, qaytaruvchi element atomlari ham bir modda molekulasi tarkibida bo'lganda kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridir.

Masalan: 2Ag+N+5O3-2 = 2Ag° + 2N+4O2 + O2°
oksidlovchi qaytaruvchi

Disproporsiyalanish (dismutatsiyalanish) reaksiyalari

Oksidlanish ham, qaytarilish ham bir xil element atomlari ishtirokida boruvchi reaksiyalar "disproporsiyalanish" reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalarda ishtirok etuvchi oksidlovchi va qaytaruvchi element atomlari ba'zan bitta modda molekulalari tarkibida, ba'zi hollarda esa ikki xil modda molekulalari tarkibida ham bo'lishi mumkin:

Cl2 + 2NaOH = NaCl- + NaCI+O + H₂O

oksidlovchi va qaytaruvchi Cl- atomlari bitta Cl₂- molekulasi tarkibida bo'lib, reaksiyadan keyin Cl ning zaryadi -1 va +1 bo'lib qoladi.

3S°+6KOH → 2K2S-2+H2S+4O3 +3H2O

2H2O → 2H₂O-2 + O° va hokazo.

Sinproporsiyanalish reaksiyalari.

Misol:
24KMnO4 + 5CH2O + 36H2SO4 → 30CO₂ +24MnSO4 + 12K₂SO₄ + 66H₂O
Glyukoza tuzilishi va unadagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi quyidagicha.

Mn+7+5 e 5ta e qabul qilingan
24ni Mn bor bo'lgan molekulalar oldiga qo'yamiz, 5 ni esa qlyukoza oldida qo'yamiz.

C-1→ C+4
C0→ C+4
C+1→ C+4

turli oksidlanish darajalariga ega bo'lgan uglerod atomlari bir xil zaryadli bo'lib qoldi. Ana shunday reaksiyalar Sinproporsiya reaksiyalari deyiladi.