Marrakesh haqida

Shahar
Marrakesh
arab. مراكش‎
berber. ⴰⵎⵓⵔⴰⴽⵓⵛ
31°38′00″ sh. k. 08°00′00″ g‘. u.HGYaO
Mamlakat  Marokash
Mintaqa Marrakesh — Safi
Prefektura Marrakesh
Mer Fotima az-Zahro al-Mansuriy
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 1062-yilda
Maydoni 209 km²
Markazining balandligi 457 m
Iqlim turi tropik
Aholisi
Aholisi ↗ 952 000 kishi (2018)
Zichligi 4441 kishi/km²
Millatlar arablar, berberlar va boshqalar
Diniy e’tiqodlar sunniy musulmonlar va boshqalar
Raqamli identifikatorlar
Pochta indeksi 40000
ville-marrakech.ma
Марракеш на карте
Марракеш
Marrakesh
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi sayohat qo‘llanmasi

Marrakesh, Marrakesh (berber. ⴰⵎⵓⵔⴰⴽⵓⵛ, Marokash shevasida Marrakash — arab. مراكش‎ ) — to‘rtta imperiya shahridan biri; bu shaharlar joylashgan mamlakat — Marokash. Hozirda u Marrakesh — Safimintaqasining ma’muriy markazi hisoblanadi va uning tarkibidagi shu nomdagi prefekturani tashkil etadi.

Mamlakatning Kasablanka, Fes va Tanjershaharlaridan keyingi to‘rtinchi yirik shahri, shuningdek, xorijiy sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan asosiy maskanlardan biridir.

Etimologiyasi

«Marrakesh» nomi, ehtimol, berbercha kelib chiqqan bo‘lib, «xudoning yeri» degan ma’noni anglatadi, ammo uning aniq kelib chiqishi hozirgacha noma’lum. Uning ispancha talaffuzidan (isp. Marruecos) Yevropa tillaridagi «Marokash» mamlakat nomi kelib chiqqan. Ilgari Marokash Sharqda «Marrakesh» nomi bilan tanilgan va ayrim musulmon mamlakatlarida hozir ham shunday ataladi.

Geografik ma’lumotlar

Marrakeshdan ko‘rinadigan Atlas tog‘lari

Shahar Atlas tog‘larietaklarida, Rabot shahridan 330 km janubi-sharqda va Kasablankashahridan 240 km masofada joylashgan. Shahar hududidagi o‘rtacha balandlik dengiz sathidan taxminan 450 m.

Shahar atrofining eng baland nuqtasi — Marrakeshdan janubi-sharqda joylashgan Jabal Tishka tog‘i (3240 m). Uning cho‘qqilari yil bo‘yi qor bilan qoplangan.

Shahardan 18 kilometr shimoli-g‘arbda reja asosida qurilgan shahar, Tamansur joylashgan. U 2005-yilda yo‘ldosh shahar sifatida qirol Muhammad VI farmoni bilan barpo etilgan.

Iqlimi

Marrakesh iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq eng yuqori harorat, °C 30,0 33,1 37,0 37,7 42,4 46,9 49,6 48,6 43,8 39,7 33,6 30,9 49,6
O‘rtacha eng yuqori harorat, °C 18,6 20,6 23,7 25,2 28,4 32,9 37,3 36,7 32,6 27,9 23,0 19,7 27,2
O‘rtacha harorat, °C 11,9 14,0 16,8 18,2 21,0 24,8 28,4 28,2 25,2 21,2 16,5 13,1 19,9
O‘rtacha eng past harorat, °C 6,3 8,4 10,8 12,2 14,7 17,7 20,7 20,9 19,0 15,6 11,1 7,7 13,8
Mutlaq eng past harorat, °C −3 0,0 1,2 3,0 7,9 9,0 13,0 13,0 10,0 6,0 2,0 −2,4 −3
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 30 29 33 23 11 5 1 3 7 18 29 25 213

Tarixi

Darvoza Bob Agnau XX asr boshida

Shaharga taxminan 1060-yilda Abu Bakr ibn Umar ismli Almoraviylar sulolasi vakili tomonidan asos solingan. Shahar bir asr davomida avval Almoraviylar, 1147-yildan esa ularning o‘rnini egallagan Almohadlar davlatining poytaxti bo‘lgan. Marrakeshning gullab-yashnagan davri Ya’qub al-Mansur hukmronligiga (1184—1199) to‘g‘ri keladi. U Kutubiya va Al-Mansuriya masjidlarini qurdirgan. Kutubiya masjidining 70 metrlik minorasi hozirgacha Marrakesh ramzi bo‘lib qolmoqda.

1269-yilda Marrakesh Marinidlarhukmronligiga o‘tdi. Ular poytaxtni Fesshahriga ko‘chirdilar. XVI asrda Sa’diylar Marrakeshni qayta poytaxtga aylantirdilar. Shaharda xarobaga aylangan El-Badi saroyi va ushbu hukmdorlar maqbaralari majmuasi.

1912-yilda Marrakeshni sahrolik isyonchilar al-Hibaboshchiligida egallab olganlar, ammo fransuzlar tez orada shaharni qaytarib oldi. Marrakesh 1956-yilgacha Marokashdagi Fransiya protektorati tarkibida bo‘lgan. Shahar ustidan amaldagi boshqaruv feodal al-Glauioilasi qo‘lida bo‘lgan. Uning vakillaridan biri (Tami al-Glaui) 1953-yilda sulton Muhammad V ning taxtdan ag‘darilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Butun tarixi davomida Marrakesh Marokashning bosh shahri bo‘lish uchun Fes bilan raqobatlashgan. Mamlakat bir necha bor poytaxtlari shimolda Fes va janubda Marrakesh bo‘lgan ikki mustaqil qismga bo‘linib ketgan. Zamonaviy Marokash poytaxti sifatida Rabot shahrining tanlanishini o‘zaro raqobatlashgan shu ikki shahar o‘rtasida murosaga erishish yo‘lidagi qaror deb hisoblash mumkin.

Diqqatga sazovor joylar

Shahar muzeyining ichki ko‘rinishi
Madrasalardan biri

Marrakesh medinasi 1985-yilda Jahon merosiro‘yxatiga kiritilgan. U loydan qurilgan bino va istehkomlarning qizg‘ish tusiga ko‘ra «qizil shahar» deb ataladi. Medinaning markazida Jemaa al-Fna maydonijoylashgan. Bu yerda akrobatlar, ertak aytuvchilar, suv sotuvchilar, raqqoslar, musiqachilar va ilon o‘ynatuvchilarni ko‘rish mumkin. Medinada mamlakatning eng qadimiy masjidlaridan biri — Ibn Yusuf masjidi, shuningdek, shaharning eng katta masjidi — Al-Kutubiyajoylashgan. Shahar devorining ichkarisiga 19 ta darvozadan biri orqali kirish mumkin, jumladan: Bob Agnau va boshqalar.

Eski shahar ortida keng palma daraxtzori cho‘zilgan. Marrakesh bog‘ va xiyobonlari bilan mashhur. Ular orasida zaytunzorli Menara, 405 gektar maydonni egallagan, devor bilan o‘ralgan Agdal bog‘lari va Majorel bog‘i.

Marrakesh muzeyi — Marokashdagi Marrakesh shahrining tarixiy markazida joylashgan saroy va muzey.

Madaniyatda

  • Marrakesh Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning sevimli dam olish maskani bo‘lgan. U bu yerda ko‘plab manzara rasmlarini chizgan. Ularning eng mashhuri «Al-Kutubiya masjidi minorasi» kartinasi bo‘lib, u Cherchill Ikkinchi jahon urushi davomida yaratgan yagona asardir.
  • Jorj Oruell shaharga «Marrakesh» (1939) nomli esse bag‘ishlagan. Unda u mahalliy aholi, ularning mashg‘ulotlari va turmush tarzini tasvirlagan.
  • Keskin syujetli filmning birinchi qismi voqealari Marrakeshda kechadi: «Juda ko‘p narsani bilgan odam» (1956, rejissyor Alfred Xichkok).
  • Germaniyaning «Goombay Dance Band» guruhi repertuarida «Marrakesh» qo‘shig‘i bor.
  • Nemis musiqachisi va didjey Andre Tanneberger (ATB) ijodida ham «Marrakesh» nomli kompozitsiya mavjud.

Marrakeshdagi rus jamoasi

1932-yildan boshlab shaharda avliyo Sergiy Radonejskiy sharafiga birinchi to‘lqin rus muhojirlaritomonidan asos solingan pravoslav ibodatxonasi faoliyat ko‘rsatgan. Unda Varsonofiy (Tolstuxin) va Mitrofan (Yaroslavsev) ismli ruhoniylar xizmat qilgan. Ular Rabotdagi Rus pravoslav Tirilish cherkovidan kelib turgan.

Fotogalereya

Shu shaharda tug‘ilgan mashhur shaxslar