| Maltoza | |
|---|---|
| | |
| Umumiy ma’lumotlar | |
| Sistematik nomi |
4-O-α-D-glyukopiranozil-D-glyukoza, |
| An’anaviy nomlari | Maltoza |
| Kimyoviy formulasi | C12H22O11 |
| Fizik xossalari | |
| Agregat holati | Oq kukun yoki kristallar |
| Molyar massa | 342,32 g/mol |
| Zichligi | 1.54 g/sm³ |
| Issiqlik xossalari | |
| Erish | |
| • harorati |
160–165 °C (digidrat) 102-103 °C (monogidrat) |
| Kimyoviy xossalari | |
| Eruvchanligi | |
| • suvda | 108.0 g/100 ml |
| Tasnifi | |
| Ro‘yxatga olish raqami (CAS) | 69-79-4 |
| PubChem | 439186 |
| Ro‘yxatga olish raqami (EINECS) | 200-716-5 |
| SMILES | |
| InChI | |
| RTECS | LZ6600000 |
| ChEBI | 17306 |
| Ma’lumotlar standart sharoitlar (25 °C, 100 kPa) uchun keltirilgan, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa. | |
Maltoza (inglizcha malt — solod) — solod shakari, 4-O-α-D-glyukopiranozil-D-glyukoza, tabiiy disaxarid, ikki glyukoza qoldig‘idan tashkil topgan; unib chiqqan arpa, javdar va boshqa donli o‘simliklar donlarida (solodda) ko‘p miqdorda uchraydi; shuningdek, pomidorlarda, ayrim o‘simliklarning gulchangi va nektarida ham aniqlangan.
Maltozaning β-D-glyukopiranozilfosfat va D-glyukozadan biosintezlanishi faqat ayrim bakteriya turlarida ma’lum. Hayvon va o‘simlik organizmlarida maltoza kraxmal hamda glikogenning fermentativ parchalanishidan hosil bo‘ladi (qarang: Amilazalar).
Maltoza inson organizmida oson o‘zlashtiriladi. Maltozaning ikki glyukoza qoldig‘igacha parchalanishi α-glyukozidaza yoki maltaza fermenti ta’sirida yuz beradi. Bu ferment hayvonlar va insonning hazm shiralarida, unib chiqqan donlarda, mog‘or zamburug‘lari va xamirturushlarda uchraydi. Insonning ichak shilliq qavatida ushbu fermentning genetik sabablarga ko‘ra bo‘lmasligi maltozani tug‘ma o‘zlashtira olmaslikka olib keladi. Bu og‘ir kasallikda ovqat ratsionidan maltoza, kraxmal va glikogenni chiqarish yoki ovqatga qo‘shiladigan fermentdan foydalanish talab etiladi — maltaza.
Kimyoviy nomi
α-Maltoza — (2R,3R,4S,5R,6R)-5-[(2R,3R,4S,5R,6R)-2,3,4-trigidroksi-6-(gidroksimetil)oksanil]oksi-6-(gidroksimetil)oksan-2,3,4-triol
β-Maltoza — (2S,3R,4S,5R,6R)-5-[(2R,3R,4S,5R,6R)-2,3,4-trigidroksi-6-(gidroksimetil)oksanil]oksi-6-(gidroksimetil)oksan-2,3,4-triol
Fizik xossalari
Maltoza suvda oson eriydi va shirin ta’mga ega. Maltozaning molekulyar massasi — 342,32. Maltozaning erish harorati — 102°C (suvsiz shakli).
Kimyoviy xossalari

Maltoza qaytaruvchi shakar hisoblanadi, chunki unda almashinmagan yarimatsetal gidroksil guruhi mavjud.
Maltoza suyultirilgan kislota bilan qaynatilganda yoki ferment ta’sirida gidrolizlanadi (natijada ikki molekula glyukoza C6H12O6).

Adabiyotlar
- Uglevodlar kimyosi. — Moskva, 1967.
- Harris G. Inson biokimyoviy genetikasi asoslari. Ingliz tilidan tarjima. — Moskva, 1973.