Kvant kaskadli lazer

Kvant-kaskadli lazer — yarimo‘tkazgichli lazer bo‘lib, yaqin va uzoq infraqizil diapazonda nurlanish chiqaradi. So‘nggi modellardan biri Keyl Frans va Stefan Mensel tomonidan Prinston universitetida ishlab chiqilgan. Oddiy yarimo‘tkazgichli lazerlarda elektromagnit to‘lqinlar elektron-kovak juftlarining rekombinatsiyasi hisobiga hosil bo‘ladi. Bunda taqiqlangan zona yarimo‘tkazgichda yengib o‘tiladi. Kvant-kaskadli lazerda esa nurlanish yarimo‘tkazgich geterotuzilmasi qatlamlari orasida elektronlarning o‘tishi natijasida yuzaga keladi va ikki turdagi nurlardan tashkil topadi. Bunda ikkilamchi nur juda noodatiy xususiyatlarga ega bo‘lib, katta energiya sarfini talab qilmaydi.

Bu g‘oya ilk bor R. F. Kazarinov va R. A. Suris tomonidan yozilgan «Elektromagnit to‘lqinlarni o‘ta panjarali yarimo‘tkazgichlarda kuchaytirish imkoniyati haqida» nomli maqolasida ilgari surilgan. Bunday lazerlar atmosferaning ifloslanish darajasini kuzatishda, xavfsizlik tizimlarida, shuningdek tibbiyotda qo‘llanishi mumkin, chunki ular yordamida inson to‘qimalarida mavjud murakkab kimyoviy birikmalarning tarkibi va miqdorini aniqlash imkoniyati bor. Kvant-kaskadli lazerlarning odatiy o‘lchami taxminan 3 mm bo‘lgani uchun ularni bevosita inson organizmiga kiritish mumkin.

Havolalar

  1. ↑ Квантово-каскадный лазер перевернул все представления физиков Архивная копия от 30 декабря 2008 на Wayback Machine
  2. ↑ Kazarinov, R.F; Suris, R.A. Possibility of amplification of electromagnetic waves in a semiconductor with a superlattice (англ.) // Fizika i Tekhnika Poluprovodnikov : journal. — 1971. — April (vol. 5, no. 4). — P. 797—800.