Kukun nima

Kukun — qattiq moddalarni maydalash yoki eritmalardan yoxud gaz fazasidan qattiq fazani ajratib olish natijasida hosil bo‘ladigan sochiluvchan material.

Kukun tarkibiga o‘lchami 10-4-10-1 mm bo‘lgan zarrachalar kiradi. O‘lchamlari bir-biriga yaqin zarrachalardan tashkil topgan kukunlar monodispers, turli o‘lchamdagi zarrachalardan tashkil topganlari esa polidispers deb ataladi. Kukun zarrachalari bir-biri bilan birikmagan bo‘ladi, shu sababli ularning to‘plamiga istalgan shaklni berish mumkin. Biroq juda mayda kukunlar guvalalanish va zichlanib qolishga moyil. Ayrim kukunlar gigroskopik xususiyatga ega. Ko‘plab yonuvchan moddalarning kukunlari piroforlik xususiyatini namoyon etadi.

Atmosferada muallaq holatda bo‘lgan kukun zarrachalari aerozollar, suyuqlikdagilari esa suspenziyalar, yuqori konsentratsiyali suspenziyalar esa pastalar deb ataladi.

Kukunlar sanoat va xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi. Shu maqsadda ular ko‘pincha granulalanadi va tabletkalanadi. Kukunlarning qo‘llanilishiga misollar:

Adabiyotlar