Kalorimetriya nima

Kalorimetriya (lot. calor — issiqlik va lot. metro — o‘lchayman) — turli fizik yoki kimyoviy jarayonlarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdorini o‘lchash usullari majmui. Kalorimetriya usullari issiqlik sig‘imini, kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektlarini, erish, ho‘llanish, adsorbsiya, radioaktiv parchalanish va boshqa jarayonlarda yuz beradigan issiqlik effektlarini aniqlashda qo‘llanadi. Kalorimetriya usullari sanoatda yoqilg‘ining issiqlik berish qobiliyatini aniqlash uchun ham keng qo‘llanadi.

Kalorimetriya asoschisi shotlandiyalik kimyogar va fizik Jozef Blek hisoblanadi. U issiqlik va harorat o‘rtasidagi farqni birinchi bo‘lib payqagan olimdir.

Issiqlik miqdorini o‘lchaydigan asbob — kalorimetr.

Qo‘shimcha adabiyotlar