Sublimatsiya nima

Sublimatsiya (lotincha sublimo — «yuqoriga ko‘tarmoq» so‘zidan; lotincha sub — «ost-» old qo‘shimchasi hamda limo — «tashimoq» so‘zidan) — quyidagi ma’nolarda qo‘llanadigan atama:

  • Sublimatsiya (psixologiya) — libido energiyasining ijodiy energiyaga aylanishi;
  • Sublimatsiya (fizika) yoki sublimatsion haydash (vozgonka) — moddaning suyuq holatga o‘tmasdan, qattiq holatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gazsimon holatga o‘tishi;
  • Sublimatsion bosma — tasvirni turli sirtlarga: yog‘och, metall, keramika va poliester matolarga ko‘chirish usuli;
  • Sublimatsiya (suvsizlantirish) — muzlatilgan yangi mahsulotlar va biologik materiallardan suv muzini vakuum usulida (sublimatsiya orqali) olib tashlash texnologiyasi.