Jeneva ko‘li

Jeneva ko‘li
frans. Lac Léman, nem. Genfersee
Вид на Женевское озеро от Шильонского замка
Jeneva ko‘lining Shilyon qal’asidan ko‘rinishi
Morfometriya
Dengiz sathidan balandligi372 m
O‘lchamlari73 × 14 km
Maydoni582 km²
Eng katta chuqurligi310 m
O‘rtacha chuqurligi154,4 m
Suv yig‘ilish havzasi
Ko‘lga quyiladigan daryoRona
Ko‘ldan oqib chiqadigan daryoRona
Joylashuvi
46°27′00″ sh. k. 6°31′00″ sh. u.HGYaO
Davlatlar
HududlarJeneva, Vo, Vale, Overn — Rona — Alp
TumanYuqori Savoyya
Швейцария
Точка
Jeneva ko‘li
Рона — Альпы
Точка
Jeneva ko‘li
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Jeneva ko‘li yoki Leman (frans. Lac Léman, Le Léman, Lac de Genève) — Alp tog‘larining eng katta ko‘li va (Balatondan keyin) Markaziy Yevropadagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi ko‘ldir[ishonchsiz manba]. Ko‘l Shveytsariya va Fransiya hududida joylashgan. Uning sirt maydoni — 582 km², dengiz sathidan balandligi — 372 m.

Jeneva ko‘li qayir tekisligida, Rona daryosi bo‘yida joylashgan. Ko‘l Ivuar qishlog‘i yaqinida egilgan yarimoy shakliga ega. Shu egilish ko‘lni tabiiy ravishda ikki qismga ajratadi: Katta ko‘l (frans. Grand Lac) va Kichik ko‘l (frans. Petit Lac).

Ko‘lning shimoliy qirg‘og‘i hashamatli kurortlarga boy — bu Shveytsariya Rivyerasi. Bu yerda Shilyon qal’asi qad rostlagan. Uni lord Bayron o‘zining shu nomdagi dostoni orqali mashhur qilgan.

Toponimika

Sohilning Jeneva bilan Lozanna orasidagi qismi La-Kot (frans. La Côte), Lozanna bilan Veve — Lavo (frans. Lavaux).

Ko‘lning yozma manbalarda qayd etilgan eng qadimgi nomi — lot. Lacus Lemannus bo‘lib, u Rim davridayoq qo‘llangan. IV asrda bu nom lot. Lacus Lausonius yoki Lacus Losanetes shakliga o‘zgargan. O‘rta asrlarda esa ko‘lga quyidagi nom berilgan: frans. Lac de Lausanne.

Ko‘lning nomi sifatida frans. Lac de Genève atamasi XVI asrda, Shveytsariya konfederatsiyasi kuchayganidan keyin keng qo‘llana boshlagan. XVIII asrda fransuz tiliga frans. Lac Léman nomi qaytgan. Bu nom bir qator tillarda ko‘lning ikkinchi eng ko‘p ishlatiladigan nomiga, fransuz tilida esa asosiy nomiga aylangan. Ayrim xaritalarda ko‘l frans. Lac d’Ouchy (Ushi — Lozanna qirg‘og‘idagi port) deb ham ko‘rsatilgan.

Shaharlar

Jeneva ko‘li bo‘yidagi shaharlar va aholi punktlari ro‘yxati
Ko‘lning sharqiy qismida Rona quyiladigan joydan boshlab.
Janubiy qirg‘oq Shimoliy qirg‘oq
Katta ko‘l Kanton Vale/Fransiya qirg‘og‘i Kanton Vo
Kichik ko‘l Fransiya qirg‘og‘i Kanton Vo

Kanton Jeneva

Kema qatnovi

XX asrning birinchi yarmigacha ko‘lda yuk tashish uchun yelkanli Jeneva ko‘li barkalari ishlatilgan. Ko‘lda yo‘lovchi tashishni Shveytsariyaning Compagnie générale de navigation sur le lac Léman kema qatnovi kompaniyasi amalga oshiradi. U 1873-yilda tashkil etilgan. Kompaniya flotida XX asr boshlarida qurilgan 5 ta g‘ildirakli bug‘ kemasi mavjud.

Madaniyatda

Rossiyalik rassom Mixail Spiridonovich Erassi To‘rt o‘rmon kantoni ko‘li, Jeneva ko‘li va Reyxenbax sharsharasi manzaralarini tasvirlagani uchun Sankt-Peterburg Imperatorlik badiiy akademiyasi professori unvonini olgan.

«Deep Purple» guruhining Smoke on the Water («Suv ustidagi tutun») qo‘shig‘i 1971-yil dekabrida Jeneva ko‘li bo‘yidagi Montre shahrida sodir bo‘lgan voqealar ta’sirida yozilgan.

Momaqaldiroqdan keyingi Jeneva ko‘li panoramasi. Manzara Montre shahri qirg‘og‘idan olingan. Chap tomonda quyosh nurlari ostida Fransiyaning San-Jingolf shahri ko‘rinadi.
Lavoning terrasalangan uzumzorlari — Jahon merosi Sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinish: pastki chap burchakda — Jeneva, yuqori o‘ng burchakda — Montre Jenevadagi mashhur «Suvdagi favvora»

Adabiyotlar

Havolalar