Izomerlanish haqida

Izomerizatsiya — kimyoviy birikmaning izomerga aylanishi, yaʼni modda molekulasidagi atomlarning sifat va miqdoriy tarkib o‘zgarmagan holda qayta joylashishidir. Izomerizatsiya jarayoni organik kimyoda, jumladan, yoqilg‘i ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llanadi.

Turlari

Texnologiyasiga ko‘ra izomerizatsiya ikki turga bo‘linadi:

  • Katalitik (izomerizatsiyani katalizator yordamida amalga oshirish).
  • Termik (qizdirish orqali amalga oshiriladigan izomerizatsiya).
  • Fotoizomerizatsiya (yorug‘lik bilan nurlantirish orqali amalga oshiriladigan izomerizatsiya).

Neftni qayta ishlashda izomerizatsiya

Izomerizatsiya jarayoni neftning past oktanli fraksiyalaridan yuqori oktanli tovar benzini komponentlarini olish uchun molekulaning uglerod skeletini qayta tuzishga asoslanadi. Detonatsiyaning ichki yonuv dvigatellarida yuzaga kelishiga erkin radikallarning zanjirli mexanizm bo‘yicha hosil bo‘lishi sabab bo‘ladi. Oddiy, tarmoqlanmagan alkanlar yonganda, tarmoqlangan alkanlar yonganda hosil bo‘ladigan ikkilamchi yoki uchlamchi radikallarga qaraganda faolroq birlamchi radikallar hosil bo‘ladi. Shu sababli molekula qanchalik tarmoqlangan bo‘lsa, uning detonatsiyaga chidamliligi shunchalik yuqori bo‘ladi, yaʼni oktan soni ham ortadi.

Jarayon tavsifi va prinsipial sxemasi (havola ishlamaydi)

Ayrim alkanlarning oktan sonlari jadvali.

Alkan oktan soni (tadqiqot usuli bo‘yicha)
normal pentan 61,8
izopentan 93
normal geksan 24,8
2,2-dimetilbutan 91,8

Hozirgi paytda faqat yengil alkanlar — butan, pentan va geksan izomerizatsiya qilinishi mumkin. Qaynash harorati 28-70°C oralig‘ida bo‘lgan bu neft fraksiyasi yengil nafta, petroley efiri, gaz benzini deb ataladi. Og‘irroq alkanlarni izomerizatsiya qilish imkoniyatlari bo‘yicha ham jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Neftni qayta ishlash sanoatida alkanlarni izomerizatsiya qilishning ikkita texnologik sxemasi qo‘llanadi: 1. Bir o‘tishli. 2. Retsirkulyatsiyali.

Bir o‘tishli izomerizatsiya fraksiyaning tadqiqot usuli bo‘yicha oktan sonini 70 dan 83 gacha oshirish imkonini beradi. Bir o‘tishli izomerizatsiyadan oldin va keyin uglevodorodlar aralashmasining tarkibi.

KOMPONENTLAR (HAJM BO‘YICHA %) VA ARALASHMANING TADQIQOT USULIDAGI OKTAN SONI XOMASHYO MAHSULOT
izopentan 10,3 26,9
normal pentan 24,8 8,4
izogeksan 23,2 47,8
normal geksan 25,6 5,7
siklik uglevodorodlar 5,6 11,2
benzol 10,5 0
Tadqiqot usuli bo‘yicha oktan soni 69 83

Retsirkulyatsiyali izomerizatsiya aralashmadan past oktanli komponentlarni ajratib, ularni jarayonga qaytarish hisobiga fraksiyaning oktan sonini 70 dan 92 gacha oshirish imkonini beradi. Jarayonni tashkil etishning mumkin bo‘lgan sxemalari: 1. Kam tarmoqlangan geksanlarni retsirkulyatsiya qilish sxemasi. 2. Xomashyoni deizopentanizatsiya qilish va kam tarmoqlangan geksanlarni retsirkulyatsiya qilish sxemasi. 3. n-pentan hamda kam tarmoqlangan geksanlarni retsirkulyatsiya qilish sxemasi.

Jarayon sharoitlari: Bosim — 2−3 MPa; Reaktordagi harorat — 380−410°C; vodorod saqlovchi gaz (VSG)ning aylanish karraliligi — >500 Nm³/m³; Hozirgi vaqtda izomerizatsiyaning uch turdagi sanoat jarayoni ishlab chiqilgan:

  • yuqori haroratli izomerizatsiya (360—440 °C) — ftorlangan alyuminiy-platina katalizatorlari ishtirokida;
  • o‘rta haroratli izomerizatsiya (250—300 °C) — seolit katalizatorlari ishtirokida;
  • past haroratli izomerizatsiya — xlor bilan modifikatsiyalangan alyuminiy oksidi (120—180 °C) hamda sulfatlangan metall oksidlari (120—180 °C) ishtirokida.

Ko‘plab mualliflarning fikricha, sulfatlangan oksid katalizatorlari eng istiqbolli hisoblanadi. Izomerizatsiya katalizatorlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar — UOP, Axens, Shell, Akzo NobeI, Sud-Chemie, Neftexim. Rossiya bozorida xlorlangan katalizatorlarni ishlab chiqadigan asosiy kompaniyalar — UOP (AQSh) Penex texnologiyasi bilan va Axens (Fransiya); seolit katalizatorlari bo‘yicha esa Germaniyaning Sud-Chemie kompaniyasi faoliyat yuritadi. Sulfatlangan oksid katalizatorlarini AQShning UOP kompaniyasi Par-Isom texnologiyasi asosida, Rossiyaning «NPP Neftexim» kompaniyasi esa Izomalk-2 texnologiyasi asosida ishlab chiqadi.

Adabiyotlar

Havolalar