Gviana yassitog‘ligi

Gviana yassitog‘ligi
isp. Escudo de Guayana
Гора Рорайма на границе трех стран.
Rorayma tog‘i uch davlat chegarasida.
Joylashuvi
5°08′36″ sh. k. 60°45′45″ g‘. u.HGЯO
Davlatlar
Южная Америка
Красная точка
Gviana yassitog‘ligi
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Gviana yassitog‘ligi (isp. Escudo de Guayana) — tog‘li yassitog‘lik, uzunligi taxminan 1930 km, balandligi 300—1000 m bo‘lgan va Janubiy Amerikaning shimolida, Orinoko va Amazonka daryolari havzalari hamda sohilbo‘yidagi Gviana pasttekisligi o‘rtasida joylashgan. Yassitog‘lik hududi Venesuela, Gayana, Surinam, Fransuz Gvianasi va Braziliya o‘rtasida taqsimlangan. Eng baland cho‘qqisi — Neblina tog‘i (2995 m) Venesuela va Braziliya chegarasida joylashgan.

Tavsif

Gviana qalqonining chegaralari

Gviana yassitog‘ligi — geologik qalqon bo‘lib, kembriygacha bo‘lgan davr tog‘ jinslaridan tashkil topgan va Braziliya yassitog‘ligiga o‘xshaydi. U qadimiy kristalli tog‘ jinslaridan iborat keng platolardan tashkil topgan bo‘lib, ularni geologik jihatdan nisbatan yaqinda hosil bo‘lgan qumtosh va lava qatlami qoplagan. Platolar birin-ketin, pog‘onalarining balandligi yuzlab metrlarga yetadigan ulkan zinapoyalar shaklida ko‘tarilib boradi.

Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani uchun suvi mo‘l bo‘lgan ko‘plab daryolar yassitog‘likdan boshlanib, uning chekkalaridan pastga oqadi va chuqur kanyonlar hamda manzarali sharsharalarni hosil qiladi. Balandligi 979 metr bo‘lgan Anxel sharsharasi Venesuelada joylashgan bo‘lib, dunyodagi eng baland sharsharadir.

Bu mintaqada aholi siyrak yashaydi. Mintaqa, asosan, mavsumda barglarining bir qismini to‘kadigan nam tropik o‘rmonlari va boy hayvonot dunyosi, xususan, rang-barang tropik qushlarning xilma-xilligi bilan mashhur. Bu hududga yetib borish qanchalik qiyinligini 1900-yillarning o‘rtalarida yassitog‘likning janubi-g‘arbida, Orinoko daryosi irmoqlaridan biri yaqinida ilgari noma’lum bo‘lgan baland bo‘yli kishilardan iborat panara (yoki kreen-akarore) qabilasining topilgani ham tasdiqlaydi.

Gviana yassitog‘ligining kristalli tog‘ jinslarida foydali qazilmalar mavjud. Yirik temir rudasi, marganes va alyuminiy oksidi zaxiralariga yangi avtomobil va temiryo‘llar qurilishi tufayli yaqindagina borish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yassitog‘lik faol o‘zlashtirilayotganiga qaramay, dunyoning eng kam o‘zgargan va aholisi eng siyrak hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Bu yerda 1950-yillardan buyon temir rudasi qazib olinadi. Qazib olish ishlari olib boriladigan kon — Serro-Bolivar.