Gomozigota nima

Gomozigota nima

Gomozigota (qad. yunoncha ὅμοιος — “o‘xshash, teng” + ζυγωτός — “juftlangan, ikki hissa”) — gomologik xromosomalarda genning bir xil allellarini (AA yoki aa) tashuvchi diploid organizm yoki hujayra.

Gomozigota va geterozigota

Gregor Mendel shuni ko‘rsatdiki, tashqi ko‘rinishi o‘xshash o‘simliklar irsiy xossalari bo‘yicha keskin farqlanishi mumkin. Keyingi avlodda ajralish (segregatsiya) bermaydigan individlar gomozigota, avlodida belgilar ajralishi kuzatiladigan individlar esa geterozigota deb ataldi.

Gomozigota” va “geterozigota” atamalarini genetika faniga ingliz biologi Uilyam Beytson (William Bateson) 1902 yilda o‘zining “Mendel irsiyatining prinsiplari” (Principles of Mendelian Heredity) asarida kiritgan.