Gomozigota (qadimgi yunoncha ὅμοιος «o‘xshash, monand, teng» + ζυγωτός «juftlashgan, ikki baravarlangan») — diploid organizm yoki hujayra bo‘lib, unda bir genning bir xil allellari gomologik xromosomalarda joylashadi (АА yoki аа).
Gregor Mendel tomonidan ilk bor tashqi ko‘rinishi o‘xshash bo‘lgan o‘simliklar irsiy xususiyatlari jihatidan keskin farqlanishi mumkinligi aniqlangan. Keyingi avlodda belgilar ajralishi kuzatilmaydigan individlar gomozigotlar deb atalgan. Avlodlarida belgilar ajralishi kuzatiladigan individlar esa geterozigotlar deb atalgan.
«Gomozigota» va «geterozigota» atamalarini genetikaga ingliz biologi Uilyam Betson 1902-yilda o‘zining «Mendelning irsiyat tamoyillari» nomli ilmiy asarida kiritgan.