Azotli o‘g‘itlar nima

Azotli o‘g‘itlar — noorganik va organik moddalar bo‘lib, tarkibida azot tutadi va hosildorlikni oshirish maqsadida tuproqqa solinadi. Mineral azotli o‘g‘itlarga amidli, ammiakli va nitratli o‘g‘itlar kiradi. Azotli o‘g‘itlar asosan sintetik ammiakdan olinadi. Azot birikmalarining yuqori harakatchanligi tufayli tuproqda azot miqdorining kamligi ko‘pincha madaniy o‘simliklarning rivojlanishini cheklaydi. Shu sababli azotli o‘g‘itlar berish katta ijobiy samara ko‘rsatadi.

O‘g‘itlarning barcha turlari orasida azotli o‘g‘itlar tuproq mikroorganizmlari ta’siriga eng ko‘p uchraydi. Tuproqqa solingandan keyingi birinchi haftada o‘g‘it massasining 70 % gacha bo‘lgan qismini bakteriyalar va zamburug‘lar o‘zlashtirib, o‘z tarkibida bog‘lab qo‘yadi (immobilizatsiya qiladi). Ularning tarkibidagi azotdan o‘simliklar faqat mazkur mikroorganizmlar nobud bo‘lganidan keyin foydalana oladi. Azotli o‘g‘itlarning katta miqdorda yo‘qotilishiga oson eriydigan nitratlar va ammoniy tuzlarining tuproq qatlamlaridan yuvilib chiqishi, shuningdek, denitrifikatsiya (gaz holidagi yo‘qotishlar) va nitrifikatsiya (nitratlarning hosil bo‘lishi va yuvilib ketishi) jarayonlari sabab bo‘ladi. Natijada, o‘simliklarning o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsiyenti kamdan-kam hollarda 50 % ga yetadi. Bunday o‘g‘itlardan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazishi, masalan, yaqin atrofdagi suv havzalarida evtrofikatsiya jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Denitrifikatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan N2O kuchli issiqxona gazidir.

Azotli o‘g‘itlarning turlari

Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchilari

Kompaniya 2007, ming t 2008, ming t %
Yevroxim 1 678 1 547 22,6
Uralxim 1 104 1 121 16,3
SIBUR — Mineral o‘g‘itlar ? 888 13,0
Akron 1 106 836 12,2
FosAgro 605 582 8,5
Kuybishevazot 400 406 5,9
Boshqaruvchi OAJ «Gazprom» 962 372 5,4
Tolyattiazot 383 ? ?
«Minudobreniya» OAJ, Rossosh shahri 347 324 4,7
Boshqalar 777 781 11,4