Kimyoviy reaksiyalarda gazsimon moddalardan suyuq yoki qattiq modda, qattiq moddalardan suyuq yoki gazsimon moddalar, suyuq moddalardan gazsimon va qattiq moddalar hosil bo‘lishi mumkin. Moddalarning agregat holatlari o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar natijasida sistemaning “tartibsizlik” darajasi o‘zgaradi. Boshqacha aytganda, sistemaning entropiyasi o‘zgaradi. Sistemada zarrachalarning “tartibsizlik” holatini miqdoriy tavsifnomasi sifatida entropiya funksiyasi kiritilgan bo‘lib, u S harfi bilan belgilanadi va kJ/mol•K yoki J/mol•K birliklarda o‘lchanadi.
Jarayonlar o‘z-o‘zidan borishi uchun sistemaning entropiyasi reaksiyadan oldingi holatdagiga nisbatan reaksiyadan keyin oshishi kerak, ya’ni ∆Sk.p > 0 bo'Iishi kerak. Masalan: NaCl kristallari suvda eriganda kristall panjaradagi Na+ vaСl- ionlari eritmaga o'tib, betartib harakatlana boshlaydi. Na+, Сl- ionlari kristall panjaradagiga nisbatan juda yuqori betartib holatga o'tadi. Shu sababli
∆SNaCl(k) < ∆SNaCl(eritma) < ∆Sionlangan Na+ Cl- bo'ladi.
Shu singari suvning agregat holati o'zgarishida
∆SH2O(muz) < ∆SH2O(suyuq) < ∆SH2O(bug‘)
Agar CaCO3 ni qizdirsak, CaCO3(k)→CaO(k) + CO2(r) o'zgarish borib, kristall modda (CaCO3) ikkita: CaO(qattiq) va CO2 (gaz) moddalariga parchalanadi. Shu sababli sistemadagi zarrachalar soni va ularning tartibsizligi oshib, sistemaning entropiyasi ∆S >О bo'ladi. Kimyoviy reaksiya entropiyasining o'zgarishi ∆Skr holida yoziladi.