Sistema haqida tushuncha

Sistema haqida tushuncha

Sistema — tashqi muhitdan chegara bilan ajratib olingan fazoning bir qismi bo'lib, u o'zining (tarkibiy qismi) konsentratsiyasi — C, energiyasi — E, temperaturasi — T, bosimi — P, hajmi — V(parametrlari) bilan tavsiflanadi.

Sistema turli xil bo'lib, ularjumlasiga alohida modda yoki moddalar to'plami, kolbadagi reaksion (aralashma) eritma, silindrdagi gaz va hokazolar kiradi. Sistema bir yoki bir necha tarkibiy qism (komponent) dan iborat bo'ladi. Sistemalar tarkibiy qismlarining agregat holatiga ko'ra gomogen va geterogen sistemalarga bo'linadi.

Agar sistema bir xil agregat holatdagi moddalar (faqat gazsimon moddalar,faqat qattiq yoki faqat suyuq) moddalardan iborat bo'Isa, gomogen (bir jinsli) sistema deyiladi. Masalan, havo, turli gazlaming aralashmalari, eritmalar, neft. Havo, azot, kislorod, boshqa gazlar aralashmasidan iborat havo-sistema, azot, kislorod, boshqa gazlar — komponentlarga kiradi. Agar turli agregat holatdagi moddalar (gaz-suyuq, qattiq-suyuq, qattiq-gaz) dan iborat bo'lsa, geterogen sistema deyiladi.

Masalan, loyqa suv (tuproq zarrachalari—qattiq, suv—suyuq komponent), oltingugurtbilan temir kukuni aralashmasi, havodagi chang zairachalari, kolbadagi eritma bilan cho'kma va hokazolar.

Sistema energiyasining bir turdan boshqa turga aylanishi sababi va qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo'limiga termodinamika deyiladi. Termodinamik tushunchalar, kattaliklar va uning qonunlaridan ishlab chiqarish jarayonlarining energetik balanslarini hisoblashda, ularni boshqarishda va modellash tirishda foydalaniladi.