Kimyoviy reaksiyalar sodir bo'layotgan paytda bir vaqtning o'zida sistemaning ham entalpiyasi, ham entropiyasi o'zgaradi. Ana shu ikki effektning yig'indisi sistema (reaksiya)ning “Gibbs energiyasi” deyiladi. Bu paytda sistemaning temperaturasi va bosimi o'zgarmas holda saqlanganligi uchun Gibbs energiyasini boshqacha qilib — sistema izobar-izotermik potensialining o‘zgarishi ham deyiladi va u ∆G holida belgilanadi, uning o'lchov birligi — kJ/mol, kkal/mol: “1 mol” moddaning standart sharoitda hosil bo'lishida reaksiya izobar-izotermik potensialining o'zgarishi shu moddaning standart hosil bo'lish izobar-izotermik potensiali o'zgarishi deyiladi va ∆Gx,b298 yoki ∆Gf298 ko'rinishda yoziladi.
Har qanday kimyoviy reaksiya izobar-izotermik potensialining o'zgarishi—∆G298(k.r) quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 298K da
ΔGk.r = Σ ΔGh.bmahsulot — Σ ΔGh.bdastlabki modda
Bunda Σ ΔGh.bmahsulot — reaksiya natijasida hosil bo'lgan moddalar standart izobar-izotermik potensiallari o'zgarishining stexiometrik koeffitsentlami hisobga olib topilgan yig'indisi, kJ/mol.
Σ ΔGh.bdastlabki modda — reaksiyaga kirishayotgan moddalar standart izobar-izotermik potensiallari o'zgarishining yuqoridagidek yig'indisi, kJ/mol.
Umuman sistemaning temperaturasi (T), entalpiya o'zgarishi (∆H), entropiya o'zgarishi (∆S) hamda izobar-izotermik potensiali o'zgarishi ∆G o'rtasida quyidagi bog'lanish mavjud:
∆G = ∆H - T∆S
Izobar-izotermik potensialning qiymatiga qarab, standart sharoitda reaksiyalaming o'z-o'zicha borish-bormasligi, ya’ni reaksiyaning yo'nalishi to'g'risida xulosa qilinadi:
a) agar kimyoviy reaksiya izobar-izotermik potensiali o'zgarishining qiymati ∆G298(k.r) > 0, ya’ni musbat bo'lsa, bu reaksiyalar standart sharoitda o'z-o'zidan bora olmaydi;
b)agar ∆G298(k.r) = 0 ya’ni manfiybo'lsa, bu reaksiyalar standart sharoitda o‘z-o‘zidan boradi. Bu reaksiyalar iqtisodiy va texnologik jihatdan qulay hisoblanadi;
d) agar = 0 bo'lsa, bunda sistema kimyoviy muvozanat holida bo'ladi. Muvozanatni zarur reaksiya boradigan tomonga yo'naltirish uchun sistema parametrlari (P, T, C, V lar)ni o'zgartirish kerak bo'ladi. Umuman termodinamik kattaliklarning o'zgarishini bilish jarayonlami boshqarishni o'rgatib, u yoki bu reaksiyalar amalda borish-bormasligini asoslab beruvchi fundamental usuldir.